Pablo Barrera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pablo Barrera
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pablo Edson Barrera Acosta
Tavallud sanasi 21-iyun 1987-yil (1987-06-21) (36 yosh)
Tavallud joyi Tlalnepantla, Meksika
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Querétaro
Raqami 18
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2010 UNAM 73 (17)
2010—2012 West Ham United 15 (0)
2011—2012Zaragoza (Ijara) 20 (1)
2012—2014 Cruz Azul 50 (4)
2015—2016 Monterrey 38 (3)
2016—2020 UNAM 113 (15)
2020—2021 Atlético San Luis 29 (1)
2021- Querétaro 42 (2)
Milliy terma jamoa
2007 Meksika U20 5 (2)
2008 Meksika U23 8 (0)
2007—2013 Meksika 57 (6)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-avgust 2022-yil uchun)

Pablo Edson Barrera Acosta (talaffuzi: Pablo Barrera) (1987-yil 21-iyunda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX „Keretaro“ klubida vinger sifatida oʻynaydi[1].

U oʻz faoliyatining dastlabki qismini Meksikaning „Universidad Nacional“ klubida oʻtkazgan, keyin Premer-liganing „West Xem United“ klubiga oʻtgan. U shuningdek, La Liganing „Real Zaragosa“ klubida ijara muddatini oʻtkazgan.

U Meksika terma jamoasida oʻynagan[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universidad Nacional klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meksikaning Tlalnepantla shahrida tugʻilgan Barrera oʻz faoliyatini Mexiko shahrida joylashgan, Pumas nomi bilan ham tanilgan Universidad Nacional klubida yarim himoyachi sifatida boshlagan. U 11 yoshida Pumas yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va 2005-yilda Primera divizionida debyut qilish uchun asosiy jamoaga qoʻshilgan[3]. U Pumasning Verakrus ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida debyut qilgan.

2008-yil iyul oyida Barrera chap tizzasidagi xochsimon bogʻlamlari uzilib ketadi ularni tiklash uchun jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va bu uni olti oy davomida safdan chiqishiga sabab boʻladi[4].

Yanvar oyi boshida Barrera jarohatidan qutuladi va birinchi oʻyinidayoq Nekaxa darvozasiga gol urgan. Murabbiy Ricardo Ferreti uni zaxira oʻrindigʻiga qoʻyguniga qadar u asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib qolgan. U oʻsha mavsumda Puebla darvozasiga yana bir gol urgan. U Pumasga Pachuka jamoasi bilan toʻqnash kelgan finalga chiqishga yordam bergan va qoʻshimcha vaqtning ikkinchi yarmida Pumasga gʻalaba keltirgan golni urgan.

West Xem United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 16-iyulida Barrera „West Ham United“ bilan 4 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzolagan. U „West Ham“ning 2010-yil yozgi ikkinchi transferiga aylangan[5]. U Premer-ligadagi debyutida 14-avgust kuni „Aston Villa“ga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan[6].

Premer-ligada bor-yoʻgʻi oltita oʻyin oʻtkazib, hech qanday gol urmagan. 2011-yil yozgi transfer oynasida La Liganing „Real Zaragoza“ klubi Barrera bilan shartnoma imzolamoqchi boʻlgani xabar qilingan edi, bu esa uni Meksika terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xaver Agirre bilan qayta birlashtirgan[7].

Real Zaragoza (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 25-avgustda Barrera Ispaniyaning „Real Zaragoza“ klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan, bu esa uni Meksika terma jamoasining sobiq murabbiyi Xaver Agirre va jamoadoshi Efrain Xuares bilan birlashtirgan[8]. U „Zaragoza“ uchun La Ligadagi ilk golini „Villareal“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan. Agirre isteʼfoga chiqarilgach[9] va Manolo Jimenes yangi bosh murabbiy etib tayinlangach[10] Barrera asta-sekin zaxira oʻrindigʻida qolib ketgan.

Cruz Azul[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 3-iyul kuni Cruz Azul Yevropadagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Meksikaga qaytgan Barrera bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[11].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrera 2007-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan va u yerda ikkita gol urgan.

Kattalar terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrera 2007-yilning 17-oktabrida Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan holda kattalar terma jamoasida maydonga tushgan[12].U ilk xalqaro golini 2009-yilning 5-iyulida 2009-yil CONCACAF Oltin Kubogida Nikaragua darvozasiga kiritgan. U ikkinchi golini Oltin kubokda Gaiti terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.

2011-yil Oltin kubok[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2011-yilgi CONCACAF Oltin Kubogida ishtirok etish uchun chaqirilgan. U Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda (4:1) toʻrtinchi golni kiritgan[13]. 25-iyun kuni Barerra finalda AQShga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va Meksika 4:2 hisobida gʻalaba qozongan[14][15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Meksika Liga Kubok Liga kubogi Shimoliy Amerika Jami
2005—2006 UNAM Primer Divizión 1 0 - - - 1 0
2006—2007 5 0 - - - 5 0
2007—2008 31 4 - - - 31 4
2008—2009 20 3 - - 2 0 22 3
2009—2010 28 11 - - 3 3 31 14
Angliya Liga FA Cup Liga kubogi Yevropa Jami
2010—2011 West Ham United Premier Liga 14 0 3 0 4 0 - 21 0
2011—2012 Championship 1 0 - 1 0 - 2 0
Ispaniya Liga Copa del Rey Ispaniya Superkubogi Yevropa Jami
2011—2012 Zaragoza La Liga 20 1 - - - 20 1
Jami Meksika 85 18 - - - - 5 3 90 21
Angliya 15 0 3 0 5 0 - - 23 0
Ispaniya 20 1 0 0 - - - - 20 1
Jami 120 19 3 0 5 0 5 3 133 22

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2007 1 0
2008 1 0
2009 9 2
2010 17 1
2011 16 3
2012 7 0
2013 6 0
Jami 57 6

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

UNAM

  • Meksika Primerasi : Clausura 2009

Cruz Azul

  • Copa MX : Clausura 2013
  • CONCACAF Chempionlar ligasi : 2013—2014

Meksika

Shaxsiy yutuqlari

  • Meksika Primera divizioni turnirning yangi oʻyinchisi: Apertura 2007

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „OFICIAL: Atlético de San Luis anuncia la contratación de Pablo Barrera“. goal.com (20-iyun 2020-yil).
  2. „Lazio target Barrera talks up European move – Transfers – ESPN Soccernet“. Soccernet.espn.go.com (26-iyun 2010-yil). 23-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2010-yil.
  3. „Pablo Barrera: A potential Mexican star at the World Cup“. IMScouting. 2-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2010-yil.
  4. „El jugador de Pumas Pablo Barrera, tiene lesión grave en la rodilla“. El Periodico de Mexico (1-iyul 2008-yil).
  5. „Barrera signs“. Whufc.com. 18-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2010-yil.
  6. Darling, Kevin. „BBC Sport – Football – Aston Villa 3–0 West Ham“. BBC News (14-avgust 2010-yil). Qaraldi: 15-avgust 2010-yil.
  7. „Pablo Barerra wanted by Real Zaragoza despite flop debut season“. Mirror Football. Retrieved 15 June 2011.
  8. „Barrera loaned out“. whufc.com. 8-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2011-yil.
  9. „Aguirre fuera del Zaragoza“[sayt ishlamaydi]. Récord. Retrieved 29 December 2011.
  10. „Manolo Jiménez, nuevo entrenador del Zaragoza“. Marca. Retrieved 31 December 2011.
  11. „West Ham's Barrera joins Cruz Azul“. Soccernet.espn.go.com. Qaraldi: 4-iyul 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
  12. „International Friendly Matches 2007“. RSSSF. Qaraldi: 21-oktabr 2008-yil.
  13. „Goals galore for Mexico, El Salvador“ — FIFA.com
  14. „Mexico repeat Gold Cup glory“ — FIFA.com
  15. „Mexico claim Gold Cup glory“. ESPN Soccernet (26-iyun 2011-yil). 26-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2011-yil.