Ozzy Osbourne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ozzi Ozborndan yoʻnaltirildi)
Ozzy Osbourne

Osbourne, 2010
Umumiy maʼlumot
Tavalludi John Michael Osbourne
3-dekabr 1948-yil (1948-12-03) (75 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi Thelma Riley va Sharon Osbourne
Guruh Black Sabbath, Marilyn Manson, Metallica, Alice Cooper, Rob Zombie, Firewind, Coal Chamber
Janr Heavy metal, hard rock, blues rock
Amplua Vokalchi, garmonikachi, pianinochi
Faoliyat yillari 1967-yildan beri
Veb-sayt ozzy.com

John Michael "Ozzy" Osbourne (talaffuzi: Jon Maykl Ozzi Ozborn; t. 3-dekabr 1948) ingliz heavy metal vokalchi va qoʻshiqyozardir. Osbourne heavy metal janrini shakllantirishga xizmat qilgan guruhlardan boʻlmish Black Sabbath bosh vokalchisi sifatida shuhratga erishdi. Xarakterli ovozi va Black Sabbath uslubi tufayli Osbourne „Zulmat Shahzodasi“ degan epitet bilan tanildi.[1] Osbourneʼni shuningdek „Heavy Metalning Choʻqintirgan Otasi“ ham deyishadi.[2][3]

2000-yillar boshida u rafiqasi Sharon va bolalari Kelly hamda Jack bilan birgalikda oʻzining The Osbournes nomli realiti-tomoshasida suratga tushdi. 2011-yil aprelida esa hayoti va ijodi haqidagi God Bless Ozzy Osbourne nomli hujjatli film ekranlarga chiqdi.[4] Osbourne yakkaxon va Black Sabbath ijrochisi sifatida butun dunyoda 100 milliondan oshiq albom sotib, multi-platina mavqeiga erishgan.[5][6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Littlejohn, Georgina. „Prince of Darkness Ozzy Osbourne ventures into the sun for a rare family day out with wife Sharon and daughter Kelly“. Daily Mail (22-mart 2010-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2010-yil.
  2. „Ozzy Osbourne: the Godfather of Metal“. NY Rock (2002-yil iyun). 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2013-10-31 sanasida arxivlangan)
  3. Tarjima va lyrics Ozzy Osbourne
  4. Two Nights of Ozzy Doc at a Multiplex Near You MusicFilmWeb.com Retrieved 8-avgust 2011-yil
  5. Mick Wall. Diary of a Madman – The Official Biography. Zomba Books, 1986. 
  6. Ozzy Osbourne To Receive Billboard's Legend Of Live Award Billboard Retrieved 8-dekabr 2010-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]