Ozodiy Davlatmamed

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ozodiy Davlatmamed (1700—1760) — turkman shoiri va maʼrifatparvari. Mahtumqulining otasi. Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri. Avval eski maktabda, soʻngra Xiva madrasasida oʻqigan, arab, fors tillarini oʻrgangan, keyinchalik shu mad-rasada mudarrislik qilgan. U xalq ogʻzaki ijodini, Sharq adabiyotlari ulugʻ namoyandalari asarlarini chuqur oʻrgangan, ular taʼsirida kasida, ru-boiy, gʻazallar yozgan. 6000 misrali "Vaʼzi Ozod" nomli yirik ilmiy ri-sola-dostoni (1753—54) O. ijodida muhim oʻrin tutadi. Asar masnaviy usulda yozilgan boʻlib, 4 bobdan iborat. 1-qismida mamlakatda tartib oʻrnatish, 2-qismida qalʼa va saroylar qurish, 3-qismida jamiyatda fan va maorifning oʻrni, 4-qismida kambagʻallar va darveshlar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Asarda turkman kabilalarini birlashtirish, soliqlarni kamaytirish, kanallar oʻtkazish, yoʻl va koʻpriklar qurish kabi masalalar aks etgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil