Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi
Davlat  Ozarbayjon
Kod AZE
Tashkil etilgan 1992
Rasman tan olingan 1993
Qit’a
assotsiatsiyasi
EOC
Joylashuvi Boku, Ozarbayjon
Prezident Ilham Aliyev
Bosh kotib Agadjan Abiyev
Vebsayt olympic.az

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikası Milli Olimpiya Komitəsi, XOQ kodi: AZE[1][2]) – xalqaro olimpiya harakatida Ozarbayjon tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi[3][4]. U mustaqil jamoat tashkiloti boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Qoʻmita nizomi 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Tashkilot Olimpiya xartiyasi hamda Ozarbayjon Respublikasining korxonalar va jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonuni asosida faoliyat yuritadi. 1997-yildan buyon qoʻmita prezidenti lavozimini Ilhom Aliyev egallab kelmoqda[5].

Qoʻmita 1992-yilda tashkil etilgan va 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.

Ozarbayjon mustaqil davlat sifatida Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 1996-yilda ishtirok etgan va shundan buyon barcha Olimpiya oʻyinlariga sportchilarini yuborib kelmoqda.

Bungacha ozarbayjonlik sportchilar 1952–1988-yillarda Olimpiya oʻyinlarida Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon sportchilari Birlashgan jamoa tarkibida ishtirok etgan[6].

Ozarbayjon Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Prezident – Ilhom Aliyev

2. Vitse-prezident – Chingiz Huseynzoda

3. Vitse-prezident – Azad Rahimov

4. Vitse-prezident – Hazar Isayev

5. Bosh kotib – Aghajan Abiyev

6. Bosh kotib oʻrinbosari – Azer Aliyev

  1. Burke, Michael. „Azerbaijan President Aliyev re-elected as NOC head“. Inside The Games (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust. „National Olympic Committee of the Republic of Azerbaijan (AZMOC)“.
  2. „Azərbaycan Respublikası Milli Olimpiya Komitəsi“ [National Olympic Committee of the Republic of Azerbaijan] (az). Olympic.az. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  3. „Olympic movement“. Azerbaijans.com. Qaraldi: 2012-yil 20-iyun. „Azerbaijan National Olympic Committee (AzMOK)“.
  4. Etchells, Daniel. „Azerbaijan NOC headquarters to transform into "House of Azerbaijani athletes" during Baku 2015“. Inside The Games (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr. „The Azerbaijan National Olympic Committee (AzMOK)“.
  5. „Ilham Heydar oglu Aliyev“ (az). president.az. 2015-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-iyun.
  6. „ИСТОРИЯ СПОРТА АЗЕРБАЙДЖАНА“ (az). azerbaijan.az. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-iyun.