Oysha Mavlonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oysha Mavlonova (1922.7.2, Turkiston — 1991.1.12, Samarqand) — opera xonandasi (metssosoprano) va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). H. Nosirovansng izdoshi. Jizzax kolxoz—s-z teatri (1939—46), Samarqanddagi H. Olimjon nomidagi teatr (1946—64), Samarqand opera va balet teatri (1964—77) da aktrisa va xonanda. Sahnaviy isteʼdod va keng diapazonli ovozga ega boʻlgan. M. "Gulsara" (R. Glier, T. Sodiqov), "Nurxon" (T. Jalilov), "Nodira" (K. Jabborov, S. Hayitboyev), "Suymaganga suykanma" (S. Xoʻjaniyozov), "Oltin koʻl" (M. Leviyev), "Oshik gʻarib" (K. Otaniyozov va M.Yusupov) kabi musiqali dramalarda, "Farhod va Shirin" (V. Uspenskiy va G. Mushel), "Maysaraning ishi" (S. Yudakov), "Hamza" (S. Boboyev) va boshqa operalarda bosh partiyalarni ijro etgan. M. oʻz qahramonlarining ruhiy holati, ichki dunyosini psixologik teranlik va izchillikda mohirona talqin etgan. Konsert repertuaridan, "Munojot", "Chorgoh" va boshqa mumtoz ashulalar oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil