Oyrajab Burhonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oyrajab Burhonova (1957.10.3, Kattaqoʻrgʻon tumani Doʻstlik qishlogʻi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutining badiiygrafika fakultetini tugatgan (1976). 1976 yildan Goʻzalkent tumanidagi 12maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, ilmiy boʻlim mudiri, 1998 yildan maktab direktori. B. darslarda oʻzi tayyorlagan 4000 dan ortiq koʻrgazmali quroldan, shuningdek "Peleng", "Leti60 M" filmoskoplaridan foydalanib, darslarni samarali oʻtadi; oʻquvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil