Oyoqogʻitma koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oyoqog‘itma ko‘lidan yoʻnaltirildi)

Oyoqogʻitma koʻliBuxoro viloyati shimolidagi Oyoqogʻitma qishlogʻi yaqinidagi koʻl. Oyoqogʻitma botigʻida. Oyoqogʻitma koʻliga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil boʻlgan Shoʻrkoʻl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km² gacha ortadi, shu vaqtda chuq. 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi shoʻr. Baliqlarning sazan, doʻngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. O. atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil