Oy ota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oy ota (Лунный папа)
Rejissyor(lar) Baxtiyor Xudoynazarov
Ssenariynavis(lar)

Irakliy Kvirikadze

Baxtiyor Xudoynazarov
Rollarda

Chulpan Xamatova Morits Bleybtroy Merab Ninidze

Nikolay Fomenko
Bastakor(lar) Daler Nazarov
Studiya(lar)

Pandora Film

NTV-Profit
Chiqarilgan sanasi 1999
Davomiyligi 107 min.
Mamlakatlar

Avstriya Avstriya
Germaniya Germaniya
Rossiya Rossiya
Tojikiston Tojikiston
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Shveysariya Shveysariya
Fransiya Fransiya


Yaponiya Yaponiya
Til ruscha

“Oy ota” — ushbu film 1999-yilda Rossiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Tojikiston, Yaponiya, Oʻzbekiston va Fransiyaning qoʻshma hamkorlik asosida yaratilgan boʻlib, rejissor Baxtiyor Xudoynazarov tomonidan suratga olingan.

Aynan bu film 2000-yil “Kinotavr” festivalida bosh mukofotni qoʻlga kiritgan.

2001-yilda Baxtiyor Xudoynazarov eng yaxshi rejissorlik ishi uchun “Nika” mukofoti bilan taqdirlangan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farxor qishlogʻida bir oila yashar edi: 18 yoshli Mamlakat, uning ukasi Nasriddin urushdan keyin devona sifat boʻlib qolgan otasi. Oila shu choyxona orqali kun koʻrgan, Mamlakat teatrga juda mehr qoʻygan, havaskorlar raqs ansamblida tarvuz rolida chiqardi. Bir kuni spektakldan soʻng tun yarmida  oʻzini aktyor deb tanishtirgan bir kishini uchratib qoldi va Mamlakatni oʻziga rom qilgach, qiz undan homilador boʻlib qoladi. Bundan xabar topgan Mamlakatning otasi Safar mahalliy teatrlardan aktyorlarni tunab, ularni qiziga koʻrsatib, “aktyor”ni topmoqchi boʻldi, ammo bu ishning uddasidan chiqa olmaydi. Qishloq ahli qiz homiladorligini bilgach, undan oʻzlarini olib qocha boshlashadi.  Uning sha’niga, mulkiga zarar yetkaza boshlaydilar. Qidiruv jarayonida Mamlakat Alik ismli shifokor bilan tanishib qoladi. Lekin qoʻni-qoʻshnilarining mazax qilishlaridan charchagan Mamlakat avvaliga homilani tushirish payidan boʻladi, soʻng oʻzini poyezd tagiga tashlaydi, ammo tasodifan yonida paydo boʻlib qolgan Alik qiz hayotini saqlab qoladi va unga uylanmoqchiligini bildiradi. Quvonchdan koʻzlari porlagan Alik ajoyib toʻy bazmini uyushtiradi, lekin shoʻrlik kuyovni osmondan tushgan sigir bilan nobud qilishadi.

Oradan biroz vaqt oʻtgach, avantyurist-fazogir Yosir Mamlakat ishlayotgan choyxonaga keladi va suhbat asnosida samolyotga beparvolik bilan bogʻlab qoʻyilgan sigirni havo orqali olib oʻtmoqchi boʻlganida qulab tushganini aytadi. Bundan gʻazablangan Mamlakat otasining revolverini qoʻliga oladi va Yosir oʻzini aktyor deb tanishtirgani va bolaning otasi ekanini aytib, Mamlakatga turmushga chiqishni va bolaga – Bulochkin familiyasini berishni taklif qiladi. Hayajonlangan Yosir letargik uyquga ketadi, lekin qishloqdoshlari hamon agressiv tarzda Mamlakatdan unga turmushga chiqishni talab qiladi. Qoʻshnilari tomonidan  ta’qib ostiga olingan qiz choyxona tomiga chiqadi, ukasi Nasriddin simlar bilan devorni qalqon bilan oʻraydi, choyxona tomi havoga koʻtarilib, Mamlakatni oʻzi bilan olib ketadi, ana shunda qizning toʻlgʻogʻi boshlanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Choʻlpon Xamatova — Mamlakat Bigmurodova
  • Moritz Bleibtreu — Nasreddin Bigmurodov, uning ukasi
  • Nikolay Fomenko — Bulochkin, fazogir; oʻzini Yasir deb tanishtiradi
  • Ato Muhamedjanov — Safar Bigmurodov, otasi
  • Merab Ninidze — Alimjon (Alik)

Mukofot va nominasiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1999-yil — Tokiodagi xalqaro kinofestivalda - Badiiy qaror uchun mukofot (Baxtiyor Xudoynazarov)
  • 2000-yil — Eng yaxshi film uchun "Oltin qoʻy" mukofoti (Igor Tolstunov)
  • 2000-yil — Sochidagi "Kinotavr" kinofestivalida:
    • "Oltin atirgul" bosh mukofoti (Baxtiyor Xudoynazarov)
    • Eng yaxshi ayol roli uchun hakamlar hay’ati mukofoti (Choʻlpon Xamatova)
  • 2000-yil Minskdagi "Listapad" kinofestivali — kinoijodkorlar hay’atining maxsus diplomlari - "Kino tilining poetikasi va uygʻunligi uchun", "Kino sehri uchun" (Baxtiyor Xudoynazarov)
  • 2001-yil Nika kino mukofotiga:
    • Eng yaxshi rejissorlik ishi uchun mukofot (Baxtiyor Xudoynazarov)
    • Eng yaxshi film nominasiyasida
    • "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi (Choʻlpon Xamatova)
    • "Eng yaxshi ssenariy uchun" nominasiyasi (Irakli Kvirikadze, Baxtiyor Xudoynazarov)
    • "Eng yaxshi ovoz uchun" mukofot nominasiyasi (Rustam Axadov)
  • 2002-yil — Eng yaxshi ayol roli uchun Brigantina kinofestivali mukofoti (Choʻlpon Xamatova)
  • 2009-yil — Varshavada "Polsha ustidagi sun’iy yoʻldosh" rus filmlari festivali

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]