Oy avtomatik stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oy avtomatik stansiyasi - Oyni va kosmik fazoni tadqiq qilishga moʻljallangan kosmik apparat (KA). Oydagi fizik sharoitni tadqiq qilish, Oy sathini oʻrganish, Oy jinslarining kimyoviy tarkibini aniqlash, mexanik xususiyatlarini tekshirish, temperatura oʻzgarishini kuzatib borish, Oyning magnit maydoni va ra-diatsiyasini oʻrganish, Oydagi seysmik toʻlqinlarni qayd qilish apparatlari va boshqa ilmiy apparatlar, maʼlumotlarni Yerga uzatishga moslangan radiotelemetrik va televizion sistemalar bilan jihozlanadi. Oy avtomatik stansiyasi s. va undagi apparatlar Oydagi oʻziga xos sharoit (vakuum, temperaturaning katta diapazonda oʻzgarishi va boshqalar) ga chidamli qilib yasaladi. Bortidagi apparatlar elektr energiyasini qisman Quyosh batareyasidan oladi. Birinchi Oy avtomatik stansiyasi s. "Luna-9" yordamida 1966-yil 3-fevralda Oy sathiga qoʻndirildi (qarang "Luna"). "Luna" (SSSR) va "Serveyer" (AKD11) tipidagi bir kan-cha kosmik apparatlar Oyga qoʻndirilgan. Yana q. Oy sunʼiy yoʻldoshlari, Lunoxod.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil