Oxunova Habiba Xoʻjanovna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oxunova Habiba Xoʻjanovna (1943.10.1, Asaka shahri - 1994.22.9, Namangan) — xonanda (lirik dramatik soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1975). Andijon (1959—63), Namangan (1963—94) teatrlarida ishlagan. Kumush (D.Fayziy, "Zarafshon qizi"), Layli, Shirin (Xurshid, "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin"), Guli (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Gulsara (K.Yashin, "Gulsara"), Gulruh (A.Tursun, "Mashrab"), Halima (Gʻ.Zafariy, "Halima"), Raʼno (Yo.Mirzo, "Anvar ila Raʼno"), Dezdemona, Ofeliya (U. Shekspir, "Otello", "Hamlet"), Barchinoy (S.Abdulla, "Alpomish") kabi rollari bilan tanildi. O. lirik-dramatik obrazlarning mohir ijrochisi boʻlib, uning ijodi qahramonning ruhiy holatini, alam va oʻkinch hislari, iztiroblarini to-moshabinga dramatik oʻrtanishlarda, chuqur insoniy dard bilan yetkazib beri-shi bilan ajralib turadi. Uning "Alla", "Koʻngil", "Koʻrmagan boʻlsam seni", "Odob bilan", "Kurkam Vatanim", "Nay navosi", "Oshnoliging", "Barno yigit", "Sabo bilan", "Oʻzing", "Nay deb" singari qoʻshiklari, "Ushshoq", "Taronai bayot" maqom yoʻllari el orasida mashhur. "Gunoh" filmida ona rolini ijro etgan. Namangan shahri madaniyat saroyiga O. nomi berilgan. Respublikada oʻtkaziladigan "Alla" tanlovi uning nomi bilan yuritiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Yusupov., Yoʻllaringning hiloli boʻlay, T., 2001.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil