Ovqatlanish gigiyenasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovqatlanish gigiyenasi - gigiyenaning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va bekamu koʻst ovqatlanish muam-molarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi — diyetologiya bemorlar ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi ovqatlanishni oʻrganish ham O.g.ning mustaqil boʻlimidir. O.g. odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat harakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim sharoiti, milliy va boshqa xususiyatlari, turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sifat tomonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning meh-nat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.

Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini zararli moddalar qoʻshilishidan saqlashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoin-feksiyalar va intoksikatsiyalarttg ol-dini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andozasiga mos ishlab chiqishda qatnashish O.g.ning amaliy vazifalaridir.

O.g. oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iklimshunoslik va boshqa fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.

OʻzRda O.g. sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi kafedralari, shuningdek, sanitariya-gigiyena ilmiy tadqiqot instituti, lab.lari va boʻlimlari, don, goʻsht va sut, konserva va sabzavot quritish, konditer sanoati va boshqalarning nazorat tarmoklari olib boradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil