Ovoz operatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ovoz Operatoridan yoʻnaltirildi)

Ovoz operatori — kinoda filmni suratga oluvchi ijodiy jamoa aʼzo-si. Ssenariy muallifi va rej.ning umumiy gʻoyasiga muvofiq filmni ovozlashtiradi.Film ovozi bezagining badiiy va texnik sifatiga javob beradi. Ovozlar izohini tayyorlaydi, aktyorlar ovozini sinash uchun yozib oladi. Fonoteka materiallarini tanlaydi, sinxron ovoz yozish, musiqa va shovq-inlarni yozish kabi ishlarni amalga oshiradi. Radioeshittirish, televideniye va ovoz yozib olish studiyalarida Ovoz operatori magnit fonogrammalarini yozib oladi va eshittiradi. Ovoz rej.i rahbarligida yozib olingan fonogrammalarni montaj qiladi, ulardan nusxa oladi va eski fonogrammalarni taʼmirlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil