Ovchi qushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ovchi Qushlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ovchi qushlar, ovga oʻrgatilgan qushlar — yirtqich hayvonlar va parrandalarni ovlash va havaskorlik sporti maqsadida foydalaniladigan yirtqich qushlar (burgut, lochin, qarchigʻay, qirgʻiy). Oʻrgatilgan Ovchi qushlar bilan ov qilish Oʻrta Osiyoda 10— 17-asrlarda, ayniqsa, ommaviy tus olgan. Hozirgi paytda bunday ov Abxaziya va Ajariyada (qir-gʻiy bilan bedana ovlash), Qirgʻiziston va Qozogʻistonda (burgut bilan tulki, quyon va boʻri ovlash, qarchigʻay bilan oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul va quyon ovlash), Turkmanis-tonda (baloban bilan oʻrdak, tuvaloq, quyon ovlash) saqlanib qolgan.

Inidan olingan yoki toʻr bilan tutilgan yosh, polopon yirtqich qushlar hurkitilgan ovni qulatish yoki quvib yetish va ovchi yetib kelgunga qadar tu-tib turishga uzoq vaqt oʻrgatiladi. Kuz va qish oylarida tajribali ovchilar burgut bilan 30—40 tagacha tulki ovlashgan. Yirtqich qushlar sonining kamayib ketayotgani tufayli ovchi qushlar bilan ov qilish ham kamayib bormoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil