Amiri shikor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ov Amiridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Amiri shikor, ov amiri - Turkiston xonliklarida saroy mansabi. Ma’lumki, ov hukmdorlar hayotida muhim o‘rin tutgan. Amiri shikor xon va sultonlar ovlarini tashkil qilib turishi lozim bo‘lgan. Shikorgoh atrofidagi qishloqlarning aholisi o‘z oti, qurol-aslahasi bilan kelib, xon va sultonlarning ov qilishiga yordam berishini va undan tashqari ularni qo‘nib qolganlarida qo‘nar joy, oziq-ovqat bilan ta’min etishni tashkil qilish Amiri shikor zimmasiga yuklangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amiri shikor" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil