Ouken qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ouken qonuni — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979) aniklangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va taxminan 3% ga teng . Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha.

Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

Muhammadjon Nigʻmatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil