Kontent qismiga oʻtish

Oujda-Angad aeroporti

Oujda-Angad aeroporti
مطار وجدة أنجاد (Arabcha)
(Farangcha) Aéroport d'Oujda-Angad
IATA kodi: OUDICAO kodi: GMFO
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Xizmat doirasi Oujda, Marokash
Dengiz sathidan balandligi 1 535 ft / 468 m
Koordinatalari 34°47′14″N 001°55′26″W / 34.78722°N 1.92389°W / 34.78722; -1.92389
Xarita
OUD (Marokash)
OUD
Marokashdagi aeroport joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
06/24 3 000 9 843 Asfalt/Bitumlar
13/31 3 000 9 843 Asfalt/Bitumlar
Maʼlumotlar (2019)
Yoʻlovchilar 701,913[1]
Yoʻlovchilar oʻzgarishi 18–19 +3,83%
Manba: DAFIF[2][3]

Ujda–Angad aeroporti (مطار وجدة أنجاد) (IATA: OUD, ICAO: GMFO) – Marokashning Sharqiy mintaqasida joylashgan Ujda shahriga xizmat koʻrsatuvchi aeroport[2]. Aeroport Ujda shahridan taxminan 12 kilometr (7 mi) shimolda hamda Kasablanka shahridan 600 kilometr (373 mi) shimoli-sharqda, Jazoir bilan chegara yaqinida joylashgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida aeroport harbiy aerodrom sifatida Qirollik havo kuchlari (RAF) hamda AQSH Harbiy-havo kuchlari tarkibidagi Oʻn ikkinchi havo kuchlari (Twelfth Air Force) tomonidan Shimoliy Afrika kampaniyasi davomida foydalanilgan. Aeroport RAF Ujda va Ujda aerodromi nomlari bilan tanilgan. 1943-yil oʻrtalarida AQSH harbiy boʻlinmalari hududni tark etgach, aeroport Havo transport qo‘mondonligi samolyotlari uchun Kasablanka–Jazoir yoʻnalishidagi oraliq qoʻnish maydoni sifatida foydalanilgan. Urush yakunlangach, aerodrom fuqarolik maʼmuriyatiga qaytarilgan[4][5][6].

  1. „Office National des aéroports -“.
  2. 1 2 Airport information for GMFO[Usurped!] from DAFIF (effective October 2006)
  3. Aeroport haqida OUD Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
  4. Andoza:Air Force Historical Research Agency
  5. Maurer, Maurer. Air Force Combat Units of World War II. Maxwell AFB, Alabama: Office of Air Force History, 1983. ISBN 0-89201-092-4
  6. Combat Squadrons of the Air Force, World War II, reprint Maurer, Maurer: , Washington, DC: Office of Air Force History, 1982. ISBN 0-405-12194-6.