Audit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ouditdan yoʻnaltirildi)

Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.

Audit (ing. audit – u eshitadi) – mu-ayyan vakolatlar berilgan shax-slar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan mo-liyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki A. va tashqi A. turlari bor. Ichki A. boshqaruvning korxona xoʻjalik fao-liyati toʻgʻrisida axborot olish, mene-jerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi A. oʻzaro mustaqil tomonlar (kor-xona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. A.da korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. A. yoʻnalishiga koʻra umu-miy A. (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkchilik turlaridan qat’i nazar), bank A., sugʻurta tashkilotlari A., investitsiya institutlari A. va boshqalarga boʻlinadi (qarang Au-ditorlik xizmati).[1] IIIIIIII

Auditor firmalar odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʻrsatadi va toʻliq mustaqillikga ega boʻladi. Ular, oʻz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʻrsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil