Otoulla said vaqqos maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otoulla said vaqqos maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Maqbara lashkarboshi Otoulla eshon Mir Haydar nomi bilan bogʻlangan. Bir xonali, kulohiy gumbazli, bezaksiz. Xom gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzi jan.sharqqa qaragan, chuqur ravoqli. Xona burchaklariga gʻishtlar koʻndalang terilib, ravoqsimon hoshiya hosil qilingan. Umumiy tarhi 6,80x6,40 m, ichki xona 5,25x4,75 m.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Haqimov 3. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil