Otanazar Matyoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otanazar Rahimovich Matyoqubov (1946.25.8, Xiva) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988), Qoraqalpogiston sanʼat arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda oʻqituvchi va "Sharq musiqasi" kafedrasi mudiri (1980-91), dotsent (1982). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1997—2001), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Matyoqubov Otanazar Rahimovich markazi rahbari (2002 yildan). Asarlari, asosan, oʻzbek mumtoz musiqa tarixi va nazariyasi, Oʻrta asr musiqa ilmi namoyandalari merosiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  • Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa asoslariga kirish, T., 1983; Farabi ob osnovax muziki Vostoka, T., 1986.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil