Kontent qismiga oʻtish

Otaism

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Otaism (ruscha: Отчество) – kishining otasi yoki bobosi ismidan keyin oʻgli/qizi kabi soʻzlarni yoki -ovich/-ovna, -yevich/-yevna kabi qoʻshimchalar qoʻshilishi natijasida yasaladigan atoqli ot[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otaism (отчество ) atamasi ruscha „отец “ (ota) soʻzidan kelib chiqqan[2].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otaism paydo boʻlish vaqtiga koʻra ism, laqab, familiyalardan keyin turadi. Kishilarning atoqli otlari ichida otaismga eng yaqin boʻlgan onomastik birlik familiya hisoblanadi. Otaismi odatda ota yoki boboning ismidan yasaladi. Maʼno jihatidan, otaism asosan kishining otasini ismidan kelib chiqishi lozim deb hisoblanadi[2].

Otaism va familiyaning oʻzaro yashash muddati boʻyicha farqi mavjud. Odatan, familiya turgʻun va yashovchan boʻlib, avloddan avlodga oʻtadi va bir qancha avlod-u ajdodlar uchun anʼanaviy nom sifatida xizmat qiladi. Otaism esa har bir avlodda otadan otaga oʻzgarib boradi[2].

Turli xalqlarda otasism

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha otaism

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbeklarda ovich/-ovna, -yevich/-yevna shaklidagi otaism boʻlmagan[2]. Turkiy tillarga xos uslubda „oʻgʻli“ va „qizi“ soʻzlari yordamida otaism hosil qilingan. Ushbu usul ancha qadimiy boʻlib, ota ismidan keyin „oʻgʻli“ yoki „qizi“ soʻzini keltirish bilan nomlash oʻzbeklarda XV–XVI asrlarda ancha odatiy boʻlgan. Masalan, „Boburnoma“da Hamza Sultonning oʻgʻli Mamaq sulton, Qul Boyazidning oʻgʻli Tezak kichik, Hasanxon Mevatiyning oʻgʻli Nodirxon, Xoja Husaynbekning qizi Ulus ogʻa, Muqimning qizi Mohchuchuk kabi nomlar uchraydi. Tarixchi Muhammad Solihning „Shayboniynoma“ asarida muallif oʻzini quyidagicha tanishtiradi:

Laqabi Solihu oʻzi tolih,
Nursaid oʻgʻli Muhammad Solih.

Ota ismidan keyin „oʻgʻli“ yoki „qizi“ soʻzlarini qoʻshib nomlash XV asrdan soʻng barcha tarixiy memuarlarda, huquqiy hujjatlarda, badiiy asarlar va tazkiralarda uchraydi[3].

  1. Begmatov 2013, s. 44.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Begmatov 2013, s. 75.
  3. Begmatov 2013, s. 76.