Qaygʻisiz Otaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otaboyev Qaygʻisiz Sardorovich (1887, Zakaspiy viloyati Tajan uyezdi — 1937, Moskva) — davlat va jamoat arbobi. Turkiston ASSR Xalq komissarlari Soveti raisi (1920—22). Toshkentdagi oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. 1917 yilgacha Mari shahrida oʻqituvchi, bank xodimi boʻlib ishlagan. Marv Soveti ijroiya komiteti raisi oʻrinbosari va raisi (1917-19). 1920 yilda O. Toshkentga chaqirildi va Turkiston ASSR hukumati raisligiga tayinlandi. U shoʻrolar davrida "bosmachilik" nomini olgan harakat aslida Turkiston xalklarining milliy ozodlik qarakati ekanligini tushunib yetgan va uni harbiy kuch bilan bostirishga qarshi chiq-qan. Samarqand viloyatida kizil armi-yaga qarshi kurashayotgan Bahrombek qoʻrboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani va uni qamoqqa olmaganligi sababli lavozimidan boʻshatildi va "qayta tarbiyalanish" uchun Moskvaga yuborildi (1922). 1923 yil yozida BXSR Nozirlar Shoʻrosi raisining 1-oʻrinbosari. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgach, Turkmaniston SSR XKSning 1-raisi (1925 yil fevral)[1].

O. Moskvada qamoqqa olingan (1937 yil 11 iyun) va "xalq dushmani" sifatida otib tashlangan. Keyinchalik oklangan. Ashxobodda haykali oʻrnatilgan (1967)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbegim, T., 1992.