Ota valixontoʻra masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ota valixontoʻra masjidi - Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlari). Meʼmor Mullo Kirgʻiz loyihasi asosida qurilgan. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarxi (25,6x22,6 m), oʻrta-sida xonaqoh (17,31x23,99 m), uning uch yoniga 11 ta balxi gumbazli hujralar joylashgan. Bosh tarzi sharqka qaragan. Peshtoq darvozasi girih va islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklariga mezanali guldastalar ishlangan. Xonaqoh gʻarovli gumbaz (diametri 13,9 m) bilan qoplangan. Gumbaz ogʻirligi poygumbaz osti devoriga singib ketgan 8 qirrali burchaklari boʻylab koʻtarilgan ravoqlarga tushadi. Meʼmorlar bu uslub bilan bino ichini ortiqcha gʻishtdan holi etib, tashki va ichki qismi gʻishtlari mutano-sib terilgan, bu binoning yaxlitligini taʼminlagan. Poygumbaz sirtidagi darchalar oʻrtasida bezakli yozuvlar bor. Koshinkori moviy hoshiyalar xona ichini yanada koʻrkamlashtirgan. Gʻarbiy de-vorida chuqur ravoqli mehrob joylashgan. Peshtoq yonlariga 2 tadan 4 ta ravoqli derazalar ishlangan. O.Ota valixontoʻra masjidi meʼmoriy koʻlami va qurilma yechimi, mahobatli qiyofasi bilan oʻziga xosdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil