Ota-onalarning huquq va majburiyatlari
Oila kodeksiOta-onalarning huquq va majburiyatlari — oila huquqi asosida tartibga solinadigan mezondir. Avvalo, ota-onalar oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Bola haqida gʻamxoʻrlik qilish, unga taʼlim-tarbiya berish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida boʻlib qolmay, balki konstitutsiyaviy huquq va burchdan ham iborat.
Oilaviy huquq va munosabatlar 2 turga boʻlinadi: 1.Shaxsiy huquq va majburiyatlar. 2.Mulkiy ququq va majburiyatlar. Oʻzbekiston Respublikasi oila qonuniga koʻra, Oilaviy huquq va munosabatlarga oʻz farzandlari bilan birga yashash va oila kodeksiga muvofiq bola tarbiyasi er va xotinning birgalikdagi majburiyati hisoblanadi. Ularning tarbiyasi bilan shugʻullanish, ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik kilish, bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlash, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilar kiradi. Oilaviy huquqiy munosabatlarda qonunchilik bolalar manfaatining ustuvorligini belgilaydi. Ota-ona va bolalar oʻrtasida kelish-movchiliklar mavjud boʻlganda, vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi[1].O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oila qonunchiligiga muvofiq bola voyaga yetgunga qadar ya'ni 18 yoshga to'lgunga qadar ota-ona uni moddiy jihatdan ta'minlashga majbur.18 yoshdan so'ng bola ota-onasini moddiy jihatdan ta'minlaydi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasiga muvofiq ''Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar''
Manbalar#
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'z.Res.Oila kodeksi