Ot kishnagan oqshom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ot kishnagan oqshom
Asl nomi Ot kishnagan oqshom
Muallif(lar) Tog'ay Murod
Mamlakat O'zbekiston Toshkent
Til oʻzbekcha
Nashr etilgan sanasi 1994
Nashriyot “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati
Sahifalar soni 464 bet

Ot kishnagan oqshom – Togʻay Murod qissalari, „Sharq“ nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati tomonidan 1994-yilda chop etilgan. Mazkur kitobda Yulduzlar mangu yonadi, Ot kishnagan oqshom, Oydinda yurgan odamlar, Momo yer qoʻshigʻi qissalari jamlangan.

Yulduzlar mangu yonadi (qissa)[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yulduzlar mangu yonadi“; qissasi ilk marta „Sharq yulduzi“; jurnalida chop etilgan. („Sharq yulduzi“;, 1977, 10-son.) 1980-yilda bu qissa Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida „ABK“; – „Avtorning birinchi kitobi“; seriyasi ostida chop etiladi. Keyinchalik qissa qayta ishlanib, „Qoʻshiq“; kitobiga (1987) „Davra“; nomi bilan kiritiladi (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti). „Davra“; yozuvchi tomonidan yana qayta ishlanadi – endi „Yulduzlar mangu yonadi“; nomi bilan „Ot kishnagan oqshom“; qissalar toʻplamida chop qilinadi („Sharq“; nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1994).

Ot kishnagan oqshom (qissa)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muallifdan

Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi!

Zoti nomard boʻldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Ogʻzi buzuq boʻldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qoʻli nopok boʻldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni oʻchirib tashladi.

Oqibat, ushbu qissalar oʻz vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.

Alqissa, dorilomon kunlar keldi. „Ot kishnagan oq­shom“dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar boʻlsak… uloq Togʻay Murodda ketdi!

Oydinda yurgan odamlar (qissa)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qissada Qoplon bilan Oymomo farzand ilinjida tunni tongga, kunni oyga, oyni yilga ulab yashaydi. Qoplon xotinini Momosi, desa, Oymomo erini Bobosi, deb chaqiradi. Ular yoʻq bolaning bobosi, yoʻq bolaning momosi boʻlib, yillarni yillarga ulaydi. Bir-biriga moʻltirab yashaydi. Ular uchramagan doktor, ular koʻrinmagan tabib qolmaydi. Ammo na doktordan, na tabibdan naf koʻradi.

Momo Yer qoʻshigʻi (qissa)[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Momo Yer qoʻshigʻi“; qissasi birinchi marta „Qoʻshiq“; nomi bilan „Yoshlik“; jurnalida eʼlon qilinadi („Yoshlik“;, 1987, 3-son). Qissaning toʻliq varianti shu yili kitob shaklida chop etiladi (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987). Asarning yozuvchi tomonidan qayta ishlangan yangi varianti esa 1994-yilda nashr qilinadi [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Togʻay Murod, Ot kishnagan oqshom, „Sharq“ nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1994, 464 bet.