Ot oʻyin
Qiyofa
(Ot Oʻyindan yoʻnaltirildi)
Ot oʻyin — sirk sanʼatining qad. turi. O.oʻ. harbiy mashqlar, chavandozlarning xalq oʻyinlari, musobaqalari ("chovgan", "qiz quvish", agʻdarish", poyga va hokazo) dan kelib chiqqan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida oʻzbek sirki tarixiga Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, Zarifovlar sulolasi kirib keldi. Ular repertuaridan 1 tadan 6 tagacha ot oʻyna-tish, egarlangan va egarsiz ot ustida yakka yoki koʻpchilik boʻlib raqsga tu-shish, jonglyorlik, muallaqchilik, turli murakkab mashqlar tomoshalari oʻrin olgan. Hozirgi Zarifovlar sulolasi O.oʻ.i jahon arenalarida katta muvaf-faqiyat bilan namoyish etilmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |