Ostonaqul Shokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ostonaqul Shokirov (1922.1.4, Andijon shahri — 1945.11.1, Kaliningrad viloyatining Nesterov rayonidagi Kalinino shaharchasida dafn etilgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushga qadar mahalliy korxonalarda ishlagan. 1941 yil dekabrdan armiya safida. 1942 yildan frontda, 75-gvardiyachi oʻqchi polkining razvedka vzvodi (3-Belorussiya fronti, 1-gvardiyachi armiyaning, 26-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) komandiri boʻlgan. 1944 yil 15 iyulda Alitus shahrining jan.rogʻida Neman daryosi boʻyidagi jangda jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Andijon shahridagi maydonga uning byusti oʻrnatilgan, shu shahardagi koʻcha va 10maktabga uning nomi berilgan, maktab binosiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil