Osiyo moki loyxo‘ragi
Osiyo moki loyxoʻragi | |
---|---|
![]() | |
Ilmiy tasniflash![]() | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Scolopacidae |
Urugʻ: | Limnodromus |
Turlari: | Osiyo moki loyxoʻragi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Limnodromus semipalmatus (Blyth, 1848) |
Osiyo moki loyxoʻragi (lotincha: Limnodromus semipalmatus) — loyxoʻraklar oilasining kam uchraydigan qush turi.
Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu botqoq qushi oʻrtacha kattalikda boʻlib, uzunligi 30-36 sm, vazni 170-300 g, qanot uzunligi 17,4-18,8 sm, qanotini yoyganda 55-60 sm.tashkil etadi[1]. Urgʻochilar erkaklarga nisbatan bir oz yirikroq[2]. Voyaga yetgan loyxoʻraklarning juftlashgandan keyin ularning koʻkrak va qorni sargʻish-malla, boshning yuqori qismi va peshonasi qora rangda. Orqa va old dumning orqa qismi rang-barang tusda boʻladi. Momiq patlari toʻq qoʻngʻir, parvoz patlari oq va qoʻngʻir-qora yoʻlli chiziqlarda ifodalangan. Oyoqlari va tumshugʻi uzun, tekis toʻq rangda. Urgʻochilari qoʻngʻir tusda boʻlgani bilan rangpar, ammo baribir yorqin malla tusda[1].
Qishki patlarining ustki qismi toʻq qoʻngʻir boʻlmb, qirralari keng oqish tusda. Qushlar olisdan zangori koʻrinadi. Pastki tomoni oq, boʻyin va koʻkrakning yon tomonlari toʻq jigarrang ingichka qiya chiziqlar bilan ifodalangan[1].
Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Orolboʻyi, Sirdaryoning oʻrta oqimi (Chinoz shahri atrofi, Tuzkon va Dalvarzin koʻllari), Dengizkoʻl (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Janubiy Sibir (uyalash), Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).
Yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sohilboʻyi hududlaridagi tekislikdagi suv havzalarining botqoqlashgan qirgʻoqlari va sayozliklarida yashaydi.
Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Doimo kam boʻlgan. Yakka holda va guruh (2-6) boʻlib uchib oʻtadi. Soʻnggi yillarda yakka-yakka va kichik galalari Sudochye koʻlida, Tuzkon va Dengizkoʻl qirgʻoq boʻylarida kuzatilgan. Dunyodagi populyasiyasi 23 mingtani tashkil qiladi. Trendi noma’lum, global iqlim isishi va yashash joylarining oʻzgarishiga bogʻliq ravishda qisqarib borayotgani taxmin qilinadi.
Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bahorgi uchib oʻtishi – aprel-may oyida, kuzgisi – iyul-sentabr oyida. Mayda baliq va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi[3].
Muhofaza etish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan. Uyalash joylarining oʻzgaruvchanligi tufayli himoya qilish qiyinchilik tugʻdiradi[1].
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxatiga NT (yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan) sifatida kiritilgan[4]. Ularning soni 23 000 tani tashkil etadi[4]. Ushbu turga tahdidlar orasida qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun botqoqlarni quritish yoki global isish natijasida uya qilish joylarini yoʻqotish kiradi. Bu qushlarning migrasiya yoʻllari boʻylab suv-botqoq yerlarning yoʻqolishi va degradasiyasi alohida tashvish uygʻotadi[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Рябицев, В. К.. Птицы Урала, Приуралья и Западной Сибири: Справочник-определитель. Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2001. ISBN 5-7525-0825-8.
- ↑ „Limnodromus semipalmatus — Asian Dowitcher. Australian Goverment: Departament of the Environment.“. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
- ↑ ОСИЁ МОКИ ЛОЙХЎРАГИ Redbook.uz
- ↑ 4,0 4,1 „Limnodromus semipalmatus. IUCN Red List of Threatened Species.“. 27-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
- ↑ Mark Barter. Shorebirds of the Yellow Sea. Canberra: Wetlands International, 2002, s. 37. ISBN 90-5882-009-2.