Oshiq Posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asl ismi Ali boʻlgan Oshiq Posho XIV asrning mashhur tasavvuf shoiridan biri hisoblanib, 1272-yilda Kirshehir yaqinidagi Arapkirda tugʻilgan. Uning ajdodi ona tarafdan ham ota tarafdan ham davrning ahamiyatli oilalaridan boʻlgan.Otasi Muhlis Posho Xurosondan Amasyaga koʻchib kelgan Ilyos otaning oʻgʻlidir.Ilyos ota davrinig mashhur din olimlaridan biri boʻlgan. Uning muridlari koʻp boʻlib Gʻiyosiddin II Kayhusrav buni toʻgʻri qabul qilmagan. Chunki uning muridi boʻlgan Isʼhoq ota Ilyos ota qarshiliga qaramay qoʻzgʻolon koʻtaradi va 1241-yilda qoʻzgʻolon bostirilish davomida oʻldiriladi[1].  Elvan Chalabiy bergan maʼlumotiga koʻra bu qoʻzgʻalon aʼzolari bellariga xristianlik belgisi boʻlmish zunnor taqib yurishgan ekan.Shuning uchun ham Ilyos ota bu shogirdini soʻziga kirmaganligi sababli qargʻgan.Shayh Ilyosnning (Ilyos otani shunday deb ham chaqirishgan) Umar, Yahyo, Mahmud va Muhlis kabi toʻrt oʻgʻli boʻlgan. Oshiq Posho shulardan Muhlis Poshoning oʻglidir.[2] Muhlis Posho olim va fozil bir zot boʻlib, suniylardan boʻlgan. Muhlis Posho Misirga ketdi va Malik Zohirning eʼtiborini qozonadi. U yerda yetti yil yashagandan soʻng Vataniga qaytadi.Bu davrda Gʻiyosiddin II Kayhusrav hukmdor boʻlib, adolatsizlik, fitna avj olgan edi.Gʻiyosiddin II Kayhusrav hatto otasi Alovuddin Kaykubodni zaharlab oʻldirishgacha boradi. Moʻgʻullar bosqini davom etib turgan bir paytda Muhlis Posho tuhmatga qoladi va  17 marotaba zindonga tashlanadi. Muhlis Posho Saljuqli sultonlaridan Gʻiyosiddin II Kayhusrav (1237-1245), İzzeddin Kaykavus (1246-1249), Alovuddin II Kaykubod (1249-1254), Rukneddin IV Qilicharslon (1254-1257, 1259-1266) va Gʻiyosiddin III Kayhusrav(1266-1284) davrlarida turli xil tartibsizlik ichida umr kechiradi. 1266-yilda Rukneddin IV Qilicharslonning boʻgʻib oʻldirilishiga  ham guvohi boʻladi. Olti oydan soʻng yurti Arapkirga qaytadi.Umrini tugab borayotganini bilgan Muhlis Posho Kirshehirga keladi. Bu yerda Otasining oʻquvchilaridan biri boʻlgan Shayh Usmonni ziyorat etish bilan birgalikda unga oʻgʻlini tarbiyalashini vasiyat etadi va ikki yildan soʻng 1274-yilda vafot etadi.

Oshiq Posho boshqaruv zayif, Moʻgʻullar zulmi borgan sari ortgan bir zamonda tugʻuldi va bolaligi shu davrda kechdi. Uning tarbiyasiga masʼul boʻlgan Shayh Usmon uni yuksak darajada tarbiyaladi. Shu tarzda zohiriy va botiniy bilimlarga ega boʻldi. Oshiq Poshoning yoshligi oʻsha davrda ilmiy, siyosiy, adabiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan Kirshehirda kechdi. Bu yerda ilm oʻchoqlaridan biri Jaja madrasasi joylashgan boʻlib, Oshiq Posho ham shu ilm markazi ziyosidan bebahra qolmagan.  U arabcha va forscha bilan birgalikda arman va ibroniy tillarini ham oʻrgandi. Oʻzi yozib qoldirgan maʼlumotlariga koʻra  hatto Hizir alayhissalomning shaxsan oʻzi ham unga ustozlik qilgan va Oshiq taxallusini ham u bergan. Shunday qilib Ilmi laduniyni[3] ham egalladi. Bunga ishora qilib uning oʻgʻli Elvan Chalabiy :“Valilardagi zavqlar fano maqomiga yetishishi bilan g'aflatdan uzoq holda har soniya Haqni eslash va hushyor bo'lish bilan birgalikda o'zligini yo'qotish, o'zini tark etish holatini Oshiq Posho shaxsan boshdan kechirgan[4]”- deydi. Oshiq Posho ichki va tashqi goʻzalikka ega boʻlgani, ochiq chehrali, yaxshi xulqli va yaxshilik ulashishda tengi yoʻqligini ham taʼkidlab oʻtgan. Davrning eng zakiy olimi boʻlganligi sababli butun qiyinchiliklarga u yechim topgan[5].

Oshiq Posho hayoti haqida koʻp maʼlumotlar yetib kelmagan. U haqida faqatgina manbasi esa Oshiq Poshoning oʻgʻli Elvan Chalabiyning “Manokib-ul Qudsiya fi Menasib-ul Unsiya” asari, mashhur tazkirashchi Latifiy va Oshiq Poshoning shoh asari hisoblanmish “G'aribnoma” asarlarida uchraydi. Bu maʼlumotlarda biz Oshiq Posho uch Saljuq sultoni va ikki Usmoniy sultonlari davrida yashagani haqida maʼlumotlar topishimiz mumkin. Bular Saljuqiy sultonlaridan: Gʻiyosiddin III Kayhusrav (1266-1284), Sulton II Masʼud (1284-1296, 1302-1310), Alovuddin III Kaykubod va Usmoniy sultonlardan Usmongʻoziy va Oʻrhongʻoziy davrlaridir.

Shunday algʻov-dalgʻov davr boʻlishiga qaramay Oshiq Posho ilmni mukammal oʻrgandi. Ustozlari unga ilm sarchashmalarini bir-bir koʻrsatib bordilar. Bulardan Sulaymon-u Turkmaniy tasavvufdan ilm oʻrgatgan boʻlsa, qaynotasi Shayx Usmon unga din va boshqa tillardan taʼlim berdi. Hizr alayhissalom esa unga gʻoyib ilmidan taʼlim berdi.Shu yoʻsinda Oshiq Posho oʻz davrining yetuk diniy, siyosiy allomalridan biriga aylandi.Usmongʻoziyning nomiga xutba oʻqilib sultonligi eʼlon etilgan tadbirda ishtirok etdi. Keyinchalik Kirshehirni Usmoniylar tasarufiga oʻtishida ulkan dastak boʻldi va Kirshehir beyi etib tayinlandi.[6]Bundan tashqari Misrga elchi boʻlib joʻnatilgani, Anadoluning voliysi Timurtosh Poshoning vaziri boʻlgani ayrim manbalarda uchraydi.

Elvan Chalabiy maʼlumotiga koʻra Oshiq Posho Safar oyining oʻn uchinchi kuni hijriy 733-yilida, milodiy 3-noyabr 1332-yilida 63 yoshida Kirshehirda  vafot etgan.Shohasar hisoblangan maqbarasi Kirshehirda joylashgan boʻlib, xalq tomonidan ziyoratgohga aylantirilgan[7].


[1]Bursali Mehmed Tahir; Aşık Paşa, Türk derneği, I.sayı, İstanbul 1327, s.19.

[2]Metrol Tulum; Elvan Chalabıʻnın Menakıbüʻl Kudsiyye Adlı Eserin İkinci Baskısı Münasabetiyle III, Türk Dünyası Araştırmaları, sayı 106, İstanbul 1997, s.3.

[3]  Ilmi laduniy-gʻoyib ilmi.

[4] ELvan Chalabiyning “Al manokib-ul Qudsiya fi Munosib-ul Unsiya” asaridan joy olgan 118 baytlik asaridan.

[5] Ahi Ensiklopediyasi 1-jilt, Anqara-2014.

[6] Enver Behnan Şapolyo; Kirşehir Büyükleri, San matbaası Ankara 1967, s. 14-15.

[7] Rahbar Ensiklopediyasi 1-jild  b.179. Istanbul-1992.

Manba: Mamadjonov Sh. Oshiq Posho ijodining poetik talqini (“Gʻaribnoma” asari asosida), Magistrlik dissertatsiyasi. Toshkent Sharqshunoslik universiteti / Toshkent - 2021.