Osbaldo Lastra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osbaldo Lastra
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Osbaldo Lupo Lastra García
Tavallud sanasi 12-iyun 1983-yil (1983-06-12) (40 yosh)
Tavallud joyi San Lorenzo Canton, Ekvador
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2005 Deportivo Audaz Octubrino
2004 Sociedad Deportivo Quito
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Atlético Jubones 7 (0)
2008—2009 Sociedad Deportiva Aucas 36 (1)
2010—2011 Deportivo Azogues 26 (5)
2011—2012 Social y Deportivo Macará 61 (3)
2013—2018 Emelec 161 (6)
2019 Barcelona SC 8 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Ekvador 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-sentyabr uchun)

Osbaldo Lupo Lastra García (talaffuzi: Osvaldo Lupo Lastra Garsiya; 1983-yil 12-iyun kuni Ekvadorning San-Lorenso shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, yarim himoyachi. U Ekvador terma jamoasida oʻynagan. U Libertadores kubogi va toʻrt karra mamlakat chempioni hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lastra García professional faoliyatini „Sociedad Deportiva Aucas“, „Deportivo Técnico Universitario“, „Deportivo Azogues“ va „Social y Deportivo Macará“ futbol klublarida oʻynab boshlagan. Shu bilan bir qatorda, 2013-yil boshida Osbaldo Lupo „Emelec“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 28-yanvar kuni Ekvador A Seriyasida sobiq klubi „Social y Deportivo Macará“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u asosiy tarkibda debyut qilgan[1]. Shuningdek, 22-sentabr kuni „El Nacional“ futbol klubiga qarshi bahsda Lastra García „Emelec“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[2]. Jamoa tarkibida u ketma-ket uch marta Ekvador chempioni boʻlgan. Hamda, 2017-yilning 11-avgust kuni Osbaldo Lupo Libertadores kubogi doirasida argentinaning „San-Lorenzo“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan[3]. Oʻsha yili u toʻrtinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan.

2019-yil boshida Lastra García Guayakilning „Barcelona“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Hamda, 10-fevral kuni „El Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[4]. Mavsum oxirida Osbaldo Lupo erkin agentga aylangan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 29-mart kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Lastra García Ekvador terma jamoasi safida debyut qilgan[5]. Oʻsha yilning yozida Osbaldo Lupo Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Chili va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Atlético Jubones  Braziliya
Sociedad Deportiva Aucas  Ekvador
Deportivo Azogues  Ekvador
Social y Deportivo Macará  Ekvador
Emelec  Ekvador
Barcelona SC  Ekvador

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Эмелек VS. Макара 4:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-yanvar). 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  2. „Эль Насьональ VS. Эмелек 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-sentyabr). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  3. „Сан-Лоренсо де Альмагро VS. Эмелек 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-avgust). 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  4. „Барселона Гуаякиль VS. Эль Насьональ 5:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-fevral). 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  5. „Мексика VS. Эквадор 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-mart). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  6. „Чили VS. Эквадор 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyun). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  7. „Мексика VS. Эквадор 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyun). 2017-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.