Kontent qismiga oʻtish

Orxideya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Orchidaceae
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Tomirli o‘simliklar
Sinf: Gulli o‘simliklar
Infrasinf: Bir urug‘pallalilar
Turkum: Asparagales
Oila: Orchidaceae

Orxideyalar — Orchidaceae oilasiga mansub oʻsimliklar[1]. Bu gullari koʻpincha rang-barang va xushboʻy hidli, xilma-xil hamda keng tarqalgan gulli oʻsimliklar guruhidir. Orxideyalar kosmopolit oʻsimliklar sanalib, Antarktidadan tashqari barcha qitʼalardagi turli muhitlarda oʻsadi. Dunyodagi orxideya turkumlari va turlarining eng boy xilma-xilligi tropik oʻrmonlarda uchraydi. Koʻpgina turlari epifitlar boʻlib, daraxtlarda yashaydi. Gullari va ularning changlanish mexanizmlari yuqori darajada ixtisoslashgan boʻlib, changlatuvchi hasharotlarni oʻziga rang, naqsh, hid, feromonlar bilan, baʼzan esa urgʻochi hasharotlarga taqlid qilish orqali jalb qiladi. Orxideyalarning urugʻlari juda mayda boʻlgani uchun unib chiqishda zamburugʻli hamkorlariga tayanadi. Ayrim orxideyalarning barglari boʻlmaydi, ular yo ildizlari yordamida fotosintez qiladi, yo ozuqa uchun butunlay zamburugʻli hamkorlariga bogʻliq boʻladi.

Orxideyadoshlar gulli oʻsimliklarning eng yirik ikki oilasidan biridir. Bu oila hozirda tan olingan 700 ga yaqin urugʻga mansub taxminan 28 000 turni oʻz ichiga oladi[2][3]. Bu barcha urugʻli oʻsimliklar turlarining 6–11 foizini tashkil etadi[4]. Bogʻbonlar butun dunyo boʻylab koʻplab orxideya jamiyatlariga asos solgan va ular koʻplab duragaylar hamda navlar yaratgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tipik avlod (yaʼni, oila nomini olgan avlod) — bu Orchis. Avlod nomi qadimgi yunoncha ὄρχις (órkhis) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „moyak“ degan maʼnoni anglatadi. Bunga Orchis avlodining ayrim turlaridagi qoʻshaloq tuganaklarning shakli sabab boʻlgan[5][6][7]. „Orxideya“ atamasini 1845-yilda John Lindley oʻzining „Maktab botanikasi“ [8]asarida Orchidaceae oilasi nomining qisqartmasi sifatida fanga kiritgan[9]. Oʻrta ingliz tilida esa baʼzi orxideyalar uchun „bollock“ (moyak) va „wort“ (oʻsimlik) soʻzlaridan kelib chiqqan „bollockwort“ nomi ishlatilgan[10].

Orxideyalarni boshqa oʻsimliklardan osongina farqlash mumkin, chunki ularning aksariyati bir necha yaqqol koʻzga tashlanuvchi hosilaviy xususiyatlarga yoki sinapomorfiyalarga ega. Bularga quyidagilar kiradi: gulning ikki tomonlama simmetriyasi (zigomorfizm), koʻplab teskari joylashgan gullar, deyarli har doim kuchli oʻzgargan oʻrta gulbarg (labellum), bitta ustunchaga birlashgan changchi va urugʻchilar hamda nihoyatda mayda urugʻlar[11].

Poyasi va ildizlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha orxideyalar doimiy yogʻochsimon tuzilishga ega boʻlmagan koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklardir. Ular ikki xil usulda oʻsishi mumkin[12]:

  • Monopodial: Poyasi bitta kurtakdan oʻsadi, barglar har yili uch qismiga qoʻshilib boradi va shunga mos ravishda poyasi uzunlashadi (masalan, Vanda turida).
  • Simpodial: Yangi novdalar oldinga qarab oʻsib, eski qismlari ortda qoladi[13]. Simpodial orxideyalarda boʻrtgan soxta piyozchalar boʻlishi mumkin.

Yerda oʻsuvchi (terrestrial) orxideyalarda ildizpoya yoki tuganaklar boʻladi. Tayanchga yopishib oʻsuvchi epifit orxideyalarda esa havo ildizlari bor. Ildizlarning eski qismlari oʻlik hujayralar qatlami boʻlmish velamen bilan qoplangan boʻladi.

Aksariyat bir pallalilar singari, orxideyalarning barglari ham odatda oddiy (tishsiz) boʻlib, parallel tomirlarga ega[14]. Vanda kabi baʼzi orxideya turlari distixus, yaʼni ikki qatorli barg tartibiga ega boʻlib, ularning barglari poyaning qarama-qarshi tomonlarida joylashadi[15]. Bu barcha orxideya novdalarining asosidagi barg joylashuvi hisoblanadi, garchi koʻplab turlarda novdaning yuqorisidagi barglar spiralsimon fillotaksisga oʻtsa-da[16]. Orxideyalar koʻp yillik oʻsimliklardir; aksariyat turlarning uchida yangi barglar oʻsib chiqadi, eng eski barglar esa asta-sekin qurib boradi[17]. Biroq, Catasetum kabi ayrim turlar qurgʻoqchil mavsumda barglarini toʻkib, har yili yangi barglar va yangi soxta piyozchalar hosil qiladi[18].

Taeniophyllum aphyllum kabi baʼzi epifit orxideyalar bargsiz boʻlib, fotosintez uchun oʻzlarining yashil ildizlariga tayanadi[19]. Phalaenopsis singari boshqa epifitlarda barglar mavjud, lekin ular ildizlarning gipoksiyasining (kislorod tanqisligining) oldini olish uchun yashil ildizlaridagi fotosintezdan foydalanadi. Corallorhiza (marjon ildizli orxideyalar) turkumiga mansub orxideyalarda barg boʻlmaydi; buning oʻrniga ular zamburugʻ mitseliysi bilan simbiotik yoki parazit aloqada boʻlib, shu orqali shakar moddalarini oʻzlashtiradi[20].

  1. ↑ Webster's Third New International Dictionary. G. & C. Merriam, 1961. 
  2. ↑ Christenhusz, M. J. M.; Byng, J. W. (2016). "The number of known plants species in the world and its annual increase". Phytotaxa 261 (3): 201–217. doi:10.11646/phytotaxa.261.3.1.
  3. ↑ „Orchidaceae“. Plants of the World Online. Qaraldi: 2025-yil 14-fevral.
  4. ↑ Pillon, Yohan; Chase, Mark W. (2007). "Taxonomic exaggeration and its effects on orchid conservation". Conservation Biology 21 (1): 263–265. doi:10.1111/j.1523-1739.2006.00573.x. PMID 17298532. https://hal.ird.fr/ird-03644811.
  5. ↑ Corominas, Joan. Breve Diccionario Etimológico de la Lengua Castellana. Ed. Gredos, 1980 — 328-bet. ISBN 978-84-249-1332-8. 
  6. ↑ Hyam, R.; Pankhurst, R.J.. Plants and their names: a concise dictionary. Oxford: Oxford University Press, 1995. ISBN 978-0-19-866189-4. 
  7. ↑ Liddell, Henry George; Scott, Robert „ὄρχις“. A Greek-English Lexicon. Perseus Digital Library (1940).
  8. ↑ Online Etymology Dictionary, „orchid“.
  9. ↑ Grigson, G.. A Dictionary of English Plant Names. London: Allen Lane, 1973. ISBN 978-0-7139-0442-0. 
  10. ↑ „bollock, n. and adj.“. Oxford English Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  11. ↑ „Introduction to Orchids“. American Orchid Society. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  12. ↑ Bottom, Sue; Bottom, Terry „Orchid Parts and Why They Matter“. American Orchid Society (2024-yil iyun). Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  13. ↑ Nash, N., and Frownie, S. (2008). Complete guide to orchids. (Meredith Publishing Group) p. 12.
  14. ↑ De, / C/ (August 2023). "Taxonomy and morphology of Orchids". Sabujeema 3 (8). SIMM0284. https://www.researchgate.net/publication/373658254.
  15. ↑ „Glossary Term: Distichous“. Orchids of New Guinea. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  16. ↑ „Orchid Tree: a phylogeny of epiphytes (mostly) on the tree of life“. University of Florida Herbarium (2021-yil avgust). — „Phyllotaxy in orchids is described as either spiral or distichous, with the latter supposed to be the more advanced state (Dressler & Dodson, 1960; Dressler, 1993). We found that in all species examined, the condition at the base of a stem, represented by the first bracts surrounding a bud, is distichous.“. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  17. ↑ „Repotting Phalaenopsis and Other Monopodial Orchid“. Missouri Botanical Garden. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  18. ↑ „Catasetum“. American Orchid Society. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.
  19. ↑ Brunello, Luca; Polverini, Ester; Lauria, Giulia; Landi, Marco; Guidi, Lucia; Loreti, Elena; Perata, Pierdomenico (6 March 2024). "Root photosynthesis prevents hypoxia in the epiphytic orchid Phalaenopsis". Functional Plant Biology 51 (3). doi:10.1071/FP23227. PMID 38442921. https://www.publish.csiro.au/fp/pdf/FP23227.
  20. ↑ Jenny King. „The coralroot orchid“. Orchids in Northern Washington State. Silvercrown Mountain Outdoor School (2011-yil 10-iyun). 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-iyun.