Orqa Olay tizmasi
Qiyofa
Orqa olay tizmasi - Pomirning shim.dagi togʻ tizmasi, Olay vodiysini jan.dan oʻrab turadi. Asosan, Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida. Uz. 240 km, eng baland joyi 7134 m. Slanets, ohaktosh, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bagʻri uzunroq. Yon bagʻirlarining quyi qismida togʻdasht va togʻ-oʻtloq oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km²). Orqa Olay tizmasit.dagi Qizilort dovoni (4280 m) orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil trakti oʻtgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |