Orogen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orogen (yun. oros — togʻ va ... gen) — Yer poʻstining tektonik faol zonasi — geosinklinallar rivojlanishining 2-bosqichi. Bu bosqichda koʻtarilishlar boʻlib, togʻlar yuzaga kelgan. O. terminini fanga avstraliyalik geolog L. Kober (1921) kiritgan. Uning fikricha, O., u kuzatgan Alp togʻlari singari simmetrik tuzilishga ega boʻlib, qattiq massalar orasida joylashgan boʻladi va ular tomonidan taʼsir qiluvchi bosim ostida yuzaga keladi. Kober O.ni bir necha zonalar (markaziy, tutashgan va chekka)ga ajratishni taklif etib, ularni tavsiflab bergan. Burmali togʻlar, geosinklinal, geosinklinal sistemadan O. sinonimi sifatida foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil