Qalqonli kanalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oribatidalardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qalqonli kanalar, oribatidalar — oʻrgimchaksimonlarning kenja turkumi. Tuprokda yashovchi boʻgʻimoyoklilarning turlari juda koʻp. Kattaligi 0,2–1 mm. Rivojlanishi (30—75 kun) biologik va morfologik jihatdan farklanuvchi 2 bosqichga boʻlinadi: lichinkalik va nimfa (bunda tana qoplagichi yumshoq, teri orqali nafas oladi, yerning yuza qatlamida yashaydi) hamda voyaga yetgan davri (qalqonli traxeya bilan nafas oladi va yer ustida, toʻshamalarda hayot kechiradi). Qalqonli kanalar baʼzi lentasimon chuvalchanglar va chorva mollari gelʼmintozlari qoʻzgʻatuvchisining oraliq xoʻjayini. Qalqonli kanalar yutgan gijja tuxumi uning ichida rivojlanadi (70—100 kun) va kana oʻlgunga qadar yoki oʻsimliklar bilan hayvon organizmiga tushguncha kanada saqlanadi.

Kurash choralari: chorva mollari gelmintsizlantiriladi va Qalqonli kanalar yoʻq yaylovlar tanlanadi.