Organon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Organon
Aristotle Altemps Inv8575.jpg
Asl nomi Ὄργανον
Muallif Aristotel
Janr Mantiq
Til Qadimgi yunoncha

Organon (qadimgi yunoncha: „Ὄργανον“ — „qurol“, „organ“, „uskuna“) — Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning mantiqqa oid olti asaridan iborat toʻplami boʻlib, mazkur nom Aristotelning shogirdlari va izdoshlari — Peripatetiklar tomonidan berilgan.

Kitob Yunoncha nomi Lotincha nomi
Kategoriyalar Κατηγορίαι Categoriae yoki Praedicamenta
Talqin toʻgʻrisida Περὶ ἑρμηνείας De Interpretatione
Oldingi analitika Ἀναλυτικὰ πρότερα Analytica Priora
Keyingi analitika Ἀναλυτικὰ ὕστερα Analytica Posteriora
Topika Τοπικά Topica
Sofistik raddiyalar toʻgʻrisida, yoki shunchaki Raddiyalar toʻgʻrisida Περὶ τῶν σοφιστικῶν ἐλέγχων De Sophisticis Elenchis, yoki shunchaki Elenchi

Matnlar tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarlarning joylashuv tartibi xronologik emas (garchi buni hozir aniqlash mushkul boʻlsada). Ularni bunday ketma-ketlikda joylashtirishga Aristotelning birinchi shogirdi, Peripatetiklar maktabi yetakchisi Lesboslik Teofrast nomi bilan bogʻliq boʻlib, u bu bilan Organonni izchil tuzilmaga ega asar koʻrinishiga olib kelgan. Darhaqiqat, asar qismlari mantiqqa oid maʼruza qismlarini eslatadi. Shuningdek, asar ketma-ketligi miloddan avvalgi 40-yilda Rodoslik Andronik tomonidan ham ishlab chiqilgan.[1]

  1. Kategoriyalar (lotincha: Categoriae) asari Aristotelning barcha mavjud narsalarning oʻnlik tasnifidan iborat. Bular: substansiya, miqdor, sifat, oʻzaro aloqa, makon, zamon, vaziyat, sharoit, harakat va hissiyot.
  2. Talqin toʻgʻrisida (lotincha: De Interpretatione) asarida Aristotelning hukm chiqarish, tasdiq, inkor, umumiy va xususiy hukmlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻz aksini topgan.
  3. Oldingi analitika (lotincha: Analytica Priora) asarida uning sillogistik mantiq qoidalari keltiriladi, ularning toʻgʻriligi daʼvo qilinadi va induktiv xulosa (inferensiya) muhokama qilinadi.
  4. Keyingi analitika (lotincha: Analytica Posteriora) asaridan faylasufning asoslash, taʼriflash va ilmiy bilimlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻrin olgan.
  5. Topika (lotincha: Topica) asarida asosli argumentlar keltirish masalalari va muqarrar emas, balki ehtimoliy inferensiya keltirish muhokama qilinadi.
  6. Sofistik raddiyalar toʻgʻrisida (lotincha: De Sophisticis Elenchis) asarida mantiqiy xatolar muhokama qilinadi va bu asar Aristotelning Ritorika asarini tushunish uchun kalit sifatida xizmat qiladi.

Garchi Lotin sxolastikasida Organon asosan ushbu olti qismdan iborat sifatida koʻrilgan boʻlsada, Oʻrta asrlar [[Musulmon olamida mazkur ro'yxatga Aristotelning [[Ritorika va Poetika asarlari ham qo'shilgan.[2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rossiya Fanlar Akademiyasi veb-sahifasidagi Aristotelning „Organon“ asari toʻgʻrisidagi maqola.
  2. Black, Deborah L., Logic and Aristotle’s Rhetoric and Poetics in medieval Arabic philosophy, p. 1.
  3. Smith, Robin, "Aristotle’s Logic", The Stanford Encyclopedia of Philosophy (Fall 2020 Edition), Edward N. Zalta (ed.)