Organik oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Organik o`g`itlardan yoʻnaltirildi)

Organik oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari boʻlgan oʻgʻitlar. O.oʻ.ga koʻpgina mahalliy oʻgʻitlar, yashil oʻgʻit, shahar kommunal xoʻjaligi chiqindilari (axlat va ularning kompostlari, oqindi suvlar choʻkindilari, najas), oziq-ovqat, koʻn va boshqa sanoat tarmoqlari chiqindilari hamda sapropel (choʻkma loyqa), poxol va boshqa kiradi. O.oʻ. tuprokda biologik jarayonlarni kuchaytirib, uning fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, oziq moddalar miqdorini oshiradi, tuproqning muhim agronomik xususiyatlariga har tomonlama taʼsir etadi va toʻgʻri qoʻllanilganda barcha ekinlar hosildorligini keskin oshiradi. Tup-roq mikroorganizmlari hayot faoliya-ti natijasida O.oʻ. parchalanganda oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mineral birikmalar va chirindi hosil boʻladi. Masalan, tuproqqa goʻng orqali oʻsimliklar uchun kerakli barcha oziq moddalar (makro- va mikroelementlar) tushadi. Bunday oʻgʻitlar toʻliq oʻgʻitlar deb ataladi. O.oʻ. tuproqqa solingan yilida-gina emas, balki bir necha yil taʼsir etadi. O.oʻ. faqat oʻsimliklar uchun mineral oziq moddalar manbai boʻlib qolmasdan, SO2 manbai hamdir. O.oʻ. tuproq mikroorganizmlari uchun energetik material va oziq manbai boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, goʻng va najasning oʻzi mikrofloraga boy boʻladi. Shuning uchun O.oʻ.ning solinishi tuprokda azot toʻplovchi bakteriyalar, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar va boshqa foydali mikroorganizmlar guruxlari faoliyatini kuchaytiradi. Mas, tipik soz tuproq yerlardagi gʻoʻzaga uzoq yillar davomida goʻng solinib turilganda tuproqning suv oʻtkazuvchanligi ancha yaxshilanadi. Egatlarga birinchi bor suv taralganda tuprok,ning bir soatda suv ichishi oʻgʻitlan-magan dalada gektariga 117 m3 ni, har yili goʻng solinadigan dalada esa 195 m3 ni tashkil etdi.

O.oʻ. gektariga 15—20 t va undan ortiq normada haydash vaqtida asosiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Ular gʻoʻza-bedagʻalla almashlab ekishda bedapoya haydalgandan keyin 5—6-yillari solinadi. O.oʻ. oʻsimliklarni oziqlantirishda mineral oʻgʻitlar bilan birgalikda ham qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Skryabin F. A., Navoz v sisteme udobreniy xlopchatnika v oroshayemix usloviyax Sredney Azii, T., 1970; Rekomendatsii po primeneniyu udobreniy v respublikax Sredney Azii, T., 1974; Lignin asosidagi organik oʻgʻitlar yuqori hosil omili, T, 1978.

Ergash Ziyamuhamedov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil