Oqtishlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqtishlilar (Crocidura) - yerqazarlar oilasiga mansub hasharotxoʻr sut emizuvchilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 4— 15 sm (dumi 4—10 sm), kalta yung, siyrak va uzunroq qil bilan qoplangan. Tishlarining koronkasi oq (nomishundan olingan), yuqori jagʻining har qaysisi yarmida 3 tadan bir uchli tishlari bor. 150 ga yaqin turi Afrika, Janubiy va Oʻrta Yevropa, Osiyo, jumladan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi: kichik O. Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon, Sirdaryo, Fargʻona, Surxondaryoda; oq qorinli O. Surxondaryo vodiysida uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil