Oqsoʻxta (Dactylis glomerata L.) - boshoqdoshlaroilasiga mansub koʻp yillik oʻt. O.ning boʻyi 100-150 sm. Poyasi koʻp, havol, serbarg . Ildiz oldi barglari juda koʻp, ingichka va uzun (100 sm gacha). Toʻpguli bir yonlama roʻvak, poyaning uchida. Ildizi sershox, uzun (100 sm gacha).
O. qor ostidayoq koʻkara boshlaydi, iyunda gullaydi, avg . da urugʻi pishadi va yer ustki qismi quriydi. Oʻzbekistondatogʻlarning shimoliy yon bagʻirlarida, ayniqsa, daraxt va butalar ostida koʻp usadi. O. eng yaxshi ozuqabop oʻsimliklardan biri; tarkibida 6,2— 24,3% protein bor. Mollarga koʻk holida beriladi, pichan tayyorlashda 19-asr boshlarida O. lalmikor va sugʻoriladigan yerlarga ekila boshlagan.[1]