Oqsaroy (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2003-13.jpg

Oqsaroy — Toshkentdagi zamonaviy meʼmoriy inshoot; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi. Binoning meʼmori A. Toxtayev. O. Yugoslaviya (hozirgi Serbiya va Chernogoriya)ning "Energoproyekt visokogradnya Xolding" kompaniyasi bilan hamkorliqda 6 oyda bunyod etilgan (1999). Maydoni 5460 kv. m. Qabulxona (tantanali kirish qismi)da mehmonlar qabul qilinib, oʻzaro muzo-karalar olib boriladi. Majlislar zali, dam olish va xizmatchilar xonalari hamda qoʻshimcha xonalar mavjud. Xonalar turlicha loyihalashtirilganiga qaramay, ixcham va bir-biri bilan hamohangdir. Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda hashamatli koʻrinadi. Peshtoqi mayda ravoqchali, ustunli, 2 qanoti galereyali, oʻrtasi rotonda shaklida. Oppoq kurkam va mahobatli koʻrinishga ega. Sathi katta oʻlchamdagi tosh boʻlaklari bilan qoplangan. Interyeri yuqori sifatli materiallar bilan jihozlangan. Qabulxonaning oq va zangori marmarli pol sathi yarqiragan baland shipi bilan uygʻunlashgan. Tabiiy qurilish materiallaridan mahorat bilan say-qallangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, koʻkat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil