Oqindi suvlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqindi suvlar - xonadonlar (xoʻjalik va hojatxonalar), jamoat binolari va korxonalardan ajraladigan chiqindi suvlar hamda yogʻin suvlari. Aholi yashaydigan joylar va sanoat korxonalaridan kanalizatsiya tizimi orqali oqizib ketiladi. Yogʻin suvlarining koʻp qismi tabiiy ravishda yerga singib ketadi. Korxonalarning Oqindi suvlari tozalash inshootlari orqali tozalanib, keyin kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil