Oqdaryo suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqdaryo suv ombori
Morfometriya
Maydoni 13,97 km²
Sigʻimi 0,09257 km³
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1989
Toʻgʻon balandligi 20 m
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Oqdaryo
Joylashuvi
Mamlakat Oʻzbekiston

Oqdaryo suv ombori – Samarqand viloyatida, Zarafshonning Oqdaryo tarmogʻi oʻrta oqimida Orzikoʻl qishlogʻi yaqinida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1989-yilda foydalanishga topshirilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Toʻliq hajmi 131,8 mln.m3, toʻgʻonning maksimal balandligi 20,0 m, suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s. Samarqand viloyatining Ishtixon va Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlaridagi ekinzorlar suv taʼminotini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish imkoniyatini beradi.[1]

Suv ombori qurilmasdan ilgari Zarafshon daryosining suvi yozda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda sarflangan. Qish faslida esa Oqdaryo va Qoradaryo suvlari sugʻorishga sarflanmay behudaga Navoiy choʻllari qumlariga singib ketardi.

Suv omborining oʻrtacha kengligi 2,4 kilometr, yuza maydoni (toʻliq hajmda) 12,7 km2[2] boʻlgan. 2003-yilda suv omborining maydoni – 13,97 km² ni tashkil etdi[3]. Chuqurligi 23,4 metr ga yetadi, eng chuqur qismi shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan[3]. Suv hajmi – 131,8 million m³[4], boshqa maʼlumotlarga koʻra, tuproqni hisobga olgan holda – 92,57 million m³[5]. Dengiz sathidan 494,5 metr balandlikda[3][5]. Suvning pH qiymati 6,5 dan 7,0 gacha, suvning oʻrtacha minerallashuvi 511-612 mg/l[4] ga teng.

Oqdaryo suv ombori suvlari 4,43 ming ga yerni sugʻoradi[2]. Suv omboridan oʻrtacha yillik suv oqimi 11,4 m³/s[3].

Oqdaryo suv ombori Samgiprovodxoz tomonidan loyihalashtirilib, 1983-yili qurib bitkazilgan. Suv ombori 7 ballik zilzilaga dosh bera oladi va 110 million metr kub suv sigʻimiga ega. Toʻgʻonning balandligi 20 metrni tashkil etadi[2]. Oqdaryo suv omboriga 2011-yili 8 dona videokuzatuv moslamasi, 2015-yili 5 ta tashvishli chaqiruv tugmasi oʻrnatilgan. Bu yerda zamonaviy elektr stansiyasi va „S-40“ sirenasi mavjud[6]. U Zarafshon daryosidan suv oladi.

Suv ombori suvlarida fitoplanktonlarning 71 turi yashaydi[4]. Ularning aksariyati (78,87%) diatomlar, yana 12,67% siyanobakteriyalardir[4].

Suv chiqarish inshootining suv oʻtkazish quvvati 57 m3 /s. Tashlanma inshootning suv oʻtkazish qobiliyati 173 m3 /s. Suv omborida 3 gidropostlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 1997-yili Samarqand davlat suv loyiha insituti boshchiligida injener qidiruv ishlari oʻtkazilib, suv omborining loyqalanish hajmi oʻrganilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 „Водохранилища Узбекистана“. www.cawater-info.net. 2017-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Sh. Rakhmatullaev. Improvement of operational methods for the assessment of the water reservoir useful storage capacity using geoinformation systems. Case study of the Akdarya Reservoir, Samarqand Province, Uzbekistan, 2010 — 68, 88, 91 bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Ш. Ш. Шерназаров, Й. Ш. Ташпулатов. Формирование фитопланктона Акдарьинского водохранилища (бассейна реки Зарафшан, Узбекистан) // Научный вестник НамГУ. — 2019. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.[sayt ishlamaydi]
  5. 5,0 5,1 Базаров Д. Р., Хидиров С. К., Нишанбаев Х. А., Абсоатов М. У., Хуразбаев М. Р., Райимова И. Д., Бобокандов Ш. Р. Результаты численных исследований сопряжения бьефов водопропускных сооружений средненапорных водохранилищ // WEB OF SCHOLAR. — 2018. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  6. „Samarqanddagi suv omborlari xavfsizlik talabiga javob beradimi?“ (2020-yil 20-may). 2020-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.