Oq shokolad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oq shokolad

Oq shokolad bo‘laklari
Turi Qandolatchilik
Kelib chiqishi Shveysariya, Nestle
Asosiy komponentlari Kakao moyi, shakar, sut
Boshqa komponentlari Vanil

Oq shokolad shakar, sut va kakao moyidan tayyorlanadigan qandolat mahsuloti, lekin tarkibiga qattiq kakao qoʻshilmaydi. Shokolad och fil suyagi rangiga ega va boshqa shokoladlarda mavjud boʻlgan koʻplab birikmalarga ega emas[1]. Xona harorati 25 °C (77 °F) boʻlganda eriy boshlaydi chunki kakao moyining erish nuqtasi 35 °C (95 °F) teng[2].

Oq shokolad
Ozuqaviy qiymati har 100 g (3.5 oz)
Energiya 2,250 kJ (540 kcal)
59.2
32.1
5.87

Percentages are roughly approximated using US recommendations for adults.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk oq shokolad 1937-yilda Shveysariyaning Nestlé kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan[3]. Boshqa kompaniyalar oʻzlari uchun yangi formulalarni ishlab chiqdilar, masalan, Kuno Baedeker 1945-yilda Merckens shokolad kompaniyasi uchun yangi retsept yaratgan[4].

Taxminan 1948-yildan 1990-yilgacha Nestlé Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada bozorlari uchun bodom boʻlaklari bilan bezatilgan oq shokoladli Alpine White shokoladini yetkazib bergan[5]. Hershey 1990-yillarda oq Hershey's Kisses shokoladini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi[5][6].

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq shokolad tarkibida qattiq modalari mavjud emas. Ishlab chiqarish jarayonida kakao loviyasining qattiq moddalari sutli shokolad va qora shokoladdagi kabi yogʻli tarkibidan ajratiladi, ammo shokoladning boshqa shakllaridan farqli oʻlaroq, kakao massasi qayta qoʻshilmaydi; kakao moyi oq shokolad tarkibidagi yagona kakao tarkibiy qismidir. Oq shokoladda kakao massasida mavjud boʻlgan teobromin va kofein stimulyatorlari juda oz miqdorda mavjud[7]. Oq shokoladli qandolat mahsulotlariga vanil kabi xushboʻy moddalar qoʻshilishi mumkin[8]. Karamelli oq shokolad "sariq shokolad" deb ataladi va boshqacha taʼmga ega[9].

Qoidalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq shokolad sifatida sotilishi mumkin boʻlgan narsalar quyidagi tartibga mos tushishi lozim: Yevropa Ittifoqida 2000-yildan beri oq shokolad kamida 20% kakao moyi, 14% jami qattiq sut va 3,5% sut yogʻi boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan[10]. 2021-yil may oyidan boshlab Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi oq shokolad mahsulotlarida keng tarqalgan oqartiruvchi sifatida ishlatiladigan E171 (titan dioksidi) birikmasini taqiqlashni taklif qildi[11].

2004-yildan boshlab Qoʻshma Shtatlarda Federal qoidalar kodeksi oq shokolad tarkibida "kamida 20 gr ogʻirlikdagi kakao yogʻi", "kamida 3,5 gr ogʻirlikdagi sut yogʻi va 14 foizdan kam boʻlmagan yogʻlar boʻlishi kerak" deb belgiladi[12]. Qoʻshma Shtatlarda oq shokolad ishlab chiqarishda qabul qilinadigan sut mahsulotlariga quritilgan sut, yogʻsiz sut, buttermik kiradi. Oq shokolad mahsulotlarida sunʼiy rang beruvchi moddalar boʻlmasligi kerak[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „White chocolate“. Bon Appétit (12-noyabr 2007-yil).
  2. „Physical and chemical information on cocoa beans, butter, mass and powder“. www.icco.org. 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2020-yil.
  3. „The history Of white chocolate“. The Nibble (1-aprel 2008-yil). Qaraldi: 2-avgust 2013-yil.
  4. „Chocolate-Loving Couple Settled Here“. Lake Placid News (19-mart 1987-yil), s. 8. Qaraldi: 2-avgust 2013-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. 5,0 5,1 „The history Of white chocolate“. The Nibble (1-aprel 2008-yil). Qaraldi: 2-avgust 2013-yil.
  6. Rachel Janik. „How the Hershey's Kiss conquered Valentine's Day“. Time (14-fevral 2015-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2019-yil.
  7. Zoumas, Barry; Kreisler, Wesley; Martin, Robert (1980). „Theobromine and Caffeine Content of Chocolate Products“. Journal of Food Science. 45-jild, № 2. 314–316-bet. doi:10.1111/j.1365-2621.1980.tb02603.x.
  8. Blumberg, Naomi. "Chocolate". Encyclopædia Britannica Online. http://www.britannica.com/topic/chocolate. Qaraldi: 28 July 2015. 
  9. Filloon. „Caramelized White Chocolate Is for People Who Hate White Chocolate“. Eater (9-fevral 2018-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2021-yil.
  10. „Directive 2000/36/EC of the European Parliament and of the Council of 23 June 2000 relating to cocoa and chocolate products intended for human consumption“. Qaraldi: 27-oktabr 2010-yil.
  11. „EFSA considers E171 food additive no longer safe“. European Food Safety Authority (6-may 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  12. 12,0 12,1 „Title 21, Chapter I, Subchapter B, Part 163.124 (white chocolate) of the US Code of Federal Regulations“. United States Government Publishing Office (5-may 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.