Oq qoʻyunli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq qoʻyunlilardan yoʻnaltirildi)

Oq qoʻyunli, oq qoʻyunlilar, oq qoʻyli — 1) turk-oʻgʻuz qabilalarining Dajla daryosining yuqori oqimi boʻylarida 1415-asrlarda tashkil topgan birlashmasi; 2) ushbu birlashmaga rahbarlik qilgan yetakchi qabila — boyondurlardan chiqqan sulola; 3) aynan shu birlashma tomonidan 15-asr boshida barpo etilgan davlat. Uzun Hasan davrida (145378) Oq qoʻyunli oʻzlarining asosiy dushmanlari — Krra koʻyunlilar davlatini tor-mor etganlar (1468). Armaniston, Ozarbayjon, arab Iroqi va Gʻarbiy Eronni egallab, Tabriz shahrini poytaxt qilishgan. Uzun Hasan Usmonli turk saltanati bilan muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Shuningdek, Gruziya bilan ham urushgan (1477). 148997 yillarda soliq islohoti oʻtkazishga harakat qilingan, lekin u mulkdorlarning qarshiligiga uchragani sababli natijasiz tugagan. 16-asr boshida Oq qoʻyunli davlati Ismoil /Safaviy boshchiligidagi kizilboshlilar tomonidan tor-mor etilgan; 4) oʻzbeklar va qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan urugʻ nomi. Oq qoʻyunli etnonimi 20-asr boshlarigacha oʻzbek-qoʻngʻirotlar (qarang Qoʻngʻirot), shuningdek, Zarafshon vodiysida yashovchi qoraqalpokutr tarkibida saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil