Oq tol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq Toldan yoʻnaltirildi)

Oq tol (Salix alba L.) — toldoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Novdalari toʻgʻri, egiluvchan, bargi ingichka (1—3 sm), uzun (5—15 sm), cheti arra tishli, ikkala tomoni kumush-rang tuklar bilan qoplangan. Kuchalasi 3—5 sm, bargi bilan bir vaqtda chiqadi. Apr,—mayda gullab mevalaydi. Kanallar, ariqlar va hovuzlar boʻyiga ekiladi. Novdasidan qalamcha qilib koʻpay-tiriladi. Bir yillik novdalaridan savat va boshqa anjom toʻqiladi, 3—4 yilliklari esa soʻri, ishkom qilishda ishlatiladi (qarang Tol).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil