Qoragʻoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq Peshona Kichik G`ozdan yoʻnaltirildi)

Qoragʻoz, oq peshona kichik gʻoz — gʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning tundra mintaqasida tarqalgan. Bolqon yarim oroli, Zakavkazye, Yaponiya, Koreya yarim oroli va Xitoyning jan.-sharqiy qirgʻoqlarida, baʼzan Gʻarbiy Yevropa, Kichik, Gʻarbiy Osiyo, Kaspiy dengizining jan.-sharqida qishlaydi. Oʻzbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzalari. Orolboʻyida uchib oʻtish va qishlash davrida uchraydi. Vazni 1,6—2,5 kg. Tumshugʻi asosining atrofi oq. Qovogʻining cheti bir oq. Tundradagi koʻl atrofidagi joylarda yashaydi. Butalar orasiga, suvga yaqin qoyalarga uya quradi; 4—8 ta tuxum qoʻyadi. Oʻtlar bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqlangan. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.