Optika va fotonika jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SPIE

Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers
Turi notijorat uyushmasi
Ishga tushgan sanasi 1.07.1955
Joylashuvi Bellingham, Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Vebsayti spie.org

Optika va fotonika jamiyati (inglizcha: Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers — SPIE) — optika va fotonika sohasidagi olimlar, muhandislar va talabalarning professional notijorat xalqaro uyushmasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SPIE jamiyati 1955-yil 1-iyulda tashkil etilgan va rasman ingliz tilida „Society of Photographic Instrumentation Engineers (Fotosurat asboblari muhandislari jamiyati) nomi bilan tanilgan[1]. Soʻngra 1964-yilda "Society of Photo-Optical Instrumentation Engineers (SPIE)" (Foto-optik asboblar muhandislari jamiyati) jamiyatning rasmiy nomiga aylangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

SPIE 10 ta ilmiy jurnalni nashr etadi va 235 000 dan ortiq onlayn maqolalardan iborat raqamli arxivni saqlaydi. Arxiv har yili jami 17 mingdan ortiq ilmiy maqolalar bilan toʻldiriladi. Har yili dunyo boʻylab 140 dan ortiq seminar va konferensiyalar oʻtkaziladi. Ular orasida eng taniqlilari — SPIE Photonics West, SPIE Optics + Photonics, SPIE Advanced Lithography, SPIE Photomask Technology hisoblanadi.

SPIE jamiyati dunyoning turli burchaklaridan kelgan 17,5 mingdan ortiq aʼzolarni, 500 ga yaqin toʻliq aʼzolarni (inglizcha: fellows) va 100 ta talaba boʻlimlarini birlashtiradi.

SPIE quyidagi mukofotlarni tarqatadi:

  • George W. Goddard Award (1961-yildan)
  • Rudolf Kingslake Medal and Prize (1974-yildan)
  • Presidentʼs Award (1966-yildan)
  • SPIE oltin medali (1977-yildan)
  • SPIE Technology Achievement Award (1979-yildan)
  • Denesh Gabor mukofoti (1983-yildan)
  • Chandra S. Vikram Award in Metrology (2009-yildan)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • AMPL

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Scientific, Technical, and Related Societies of the United States, 9, National Academies, 1971 — 171 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]