Optik pech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Optik Pechdan yoʻnaltirildi)

Optik pech — biron bir energiya manbai (mas, Quyosh, kuchli lampochka) ning nur energiyasini qaytargichlar vositasida toʻplab, kichikroq (odatda 1 – 30 mm, yirik pechlarda 350 mm gacha) sirtga fokuslash orqali yuqori (1000—5000°) temperatura hosil qiladigan qurilma. Hyp energiyasi manbaiga koʻra, quyosh pechlari (gelioqurilma), sunʼiy energiya manbalari (lampochkalar, grafit qizdirgichlar, yoy lampalar, ksenon lampalar, plazmaviy nurlatgichlar)dan foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Optik pech tarkibiga nur tarqatish manbai, nur qaytarish qurilmasi, nur oqimini rostlash qurilmasi va ish ka-merasi kiradi. Optik pech materiallarning fizikkimyoviy xossalarini tadqiq qilishda, qiyin eriydigan materiallarni suyuqlantirish, payvandlash va kavsharlashda, monokristallarni oʻstirishda, rangli metallarni aralashmalardan tozalash (rafinatsiyalash) va boshqa maqsadlarda keng qoʻllaniladi. Yana q. Geliotexnika.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil