Optik faollik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Optik Faollikdan yoʻnaltirildi)

Optik faollik — baʼzi moddalar (kvars, skipidar, qotishmalar) va bugʻning oʻzidan yorugʻlik oʻtkazayotganda qutblanish tekisligining aylanishini vujudga keltirish xossasi. Tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin. Optik faol moddalar tabiiy Optik faollikka ega; sunʼiy Optik faollikni esa tashqi taʼsir, mas, tashqi magnit maydoni hosil qiladi. Yorugʻlik qutblanish tekisligining sr bur-chakka oʻzgarishi Optik faollikning miqdoriy harakteristikasidir. U muhitda yorugʻlikning oʻtgan yoʻliga va toʻlqin uzunligiga toʻgʻri proporsional. Bunday bogʻlanish Optik faollik dispersiyasi deyiladi. Optik faollik dispersiyasi molekula tuzilishiga, molekulalararo taʼsirga, temperatura hamda bosimga bogʻliq. Optik faollik usulidan fizika, kimyo, biologiya va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil