Kontent qismiga oʻtish

Op-art

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Op Art

"OP-ART" (ing. op art — optik sanʼat) — oddiy handasiy shakl va tasvirlar bilan tomoshabinni chalgʻitish, aldashga qaratilgan, 20-asr 60-yillar yuzaga kelgan asarlar, modernizmdagi neo-avangardik oqim. 1960-yillardan rivojlanib, keng tarkalgan. Asosi geometrik abstraksionizmga borib taqaladi. Asoschisi fransuz rassomi V. Vazareli (Vasharxey), 40-yillarning 2-yarmida shu sanʼatning dastlabki namunalarini yaratgan. "O." vakillari rang-tasvirlarida oddiy geometrik shakllarning koʻp marotaba takrorlanishi hisobiga goʻyo ular oʻz oʻrnini va holatini oʻzgartirayotganga, harakatga kelayotganga oʻxshab koʻrinishini va shu holat tomoshabinda maʼlum tuygʻular uygʻotishini asoslamoqchi boʻladilar.

Rassomlar oʻz asarlari uchun shunday shakl va ranglarni tanlaydilarki, ular idrok etilganda jimirlash, egilish, yuqoriga intilish kabi taassurotini uygʻotadi. "O."ning bezak imkoniyatlari sanoat grafikasi, plakat, amaliy va bezash sanʼatida oʻz aksini topdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil