Onan
| Onan | |
|---|---|
|
| |
| Otasi | Yahudo (Eski Ahd) |
| Onasi | Bat Choua |
Onan[1] (qadimgi ivritcha: אוֹנָן — „kuchli“, yunoncha: Αυνάν, Andoza:Lang-chu) — Eski Ahd tarkibidagi Beshkitob (Pentateux) personaji. U Yahudoning ikkinchi oʻgʻli va patriarx Yoqubning nabirasi boʻlib, Muqaddas Kitob bayoniga koʻra, Xudo tomonidan oʻlimga mahkum etilgan.
Yahudoning toʻngʻich oʻgʻli vafot etgach, Onan levirat (bivorlik nikohi) anʼanasiga koʻra, akasining bevasi Tamarga uylanishi va undan akasi uchun nasl qoldirishi lozim edi. Ushbu nikohdan tugʻiladigan toʻngʻich farzand huquqiy jihatdan marhum akasining merosxoʻri va davomchisi hisoblanishi kerak boʻlgan. Biroq Onan „akasining xotiniga yaqinlashganda, akasi nomidan nasl qoldirmaslik uchun urugʻini yerga toʻkar edi“ (Andoza:Bibliya). Ushbu xatti-harakati sababli u Rabbiyning gʻazabiga uchrab, oʻlim jazosiga loyiq koʻrilgan.
Xristian ilohiyotida Onanning jazolanish sabablari boʻyicha turlicha talqinlar mavjud. Ilk xristian mualliflari Onan to‘xtatilgan jinsiy aloqa (coitus interruptus) sodir etgani uchun jazolangan deb hisoblaganlar[2]. Keyinchalik, ushbu syujet kontekstidan kelib chiqib, u onanizm (tibbiyotdagi „onanizm“ atamasi ushbu personaj nomidan olingan) uchun jazolangani haqidagi interpretatsiya ham paydo boʻldi[3][4]. Zamonaviy xristian teologlarining aksariyati esa, Onan jinsiy akt turi uchun emas, balki levirat ittifoqi qoidalarini hamda oilaviy majburiyatlarini qasddan buzgani (akasining nomini tiklashdan va unga nasl qoldirishdan bosh tortgani) uchun jazolangan deb hisoblaydi[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Onan“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (O-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar. - ↑ United States Congress Senate Committee on Government Operations Subcommittee on Foreign Aid Expenditures. Population Crisis: Hearings, Eighty-ninth Congress, Second Session. U.S. Government Printing Office, 1966 — 403—404-bet.
- ↑ Stolberg M. 2000a. Self-Pollution, Moral Reform, and the Venereal Trade: Notes on the Sources and Historical Context of 'Onania' 1716 // Journal of the History of Sexuality. — 2000. — No. 9. P. 37-61.
- ↑ Никодим (Милаш). Правила православной Церкви с толкованием Никодима (епископа Далматинско-Истрийского) Том 2. Москва: Отчий дом, 2001 — 551-bet.
- ↑ П. В. Добросельский. Супружеские отношения и грань греха, 2009 — 118-119-bet.
- ↑ „Библейская Энциклопедия Брокгауза - Фриц Ринекер, Герхард Майер“. azbyka.ru. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |