Kontent qismiga oʻtish

Onadoʻli tarixi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karain Mağarası – Turkiyaning Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasidagi Antaliya shahridan 27 km shimoli-gʻarbda, Yağca qishlogʻida joylashgan paleolit davriga oid arxeologik yodgorlik

Onadoʻli tarixi (tarixiy manbalarda koʻpincha Kichik Osiyo deb ataladi) taxminan quyidagi davrlarga boʻlinadi: Onadoʻlining tarixdan oldingi davri (eramizdan avvalgi 3-ming yillik oxirigacha), Qadimgi Onadoʻli (xatt, xett va xetdan keyingi davrlarni oʻz ichiga oladi), Klassik Onadoʻli (Ahamoniylar, ellinistik va Rim davrlarini oʻz ichiga oladi), Vizantiya Onadoʻlisi (keyinchalik XI asrdan boshlab asta-sekin Saljuqiylar va Usmoniylar tomonidan bosqichma-bosqich bosib olinishi bilan qisman ustma-ust keladi), Usmoniylar Onadoʻlisi (XIV–XX asrlar) va Zamonaviy Onadoʻli, yaʼni Turkiya Respublikasi tashkil etilganidan beri boʻlgan davr.

Tarixdan oldingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Göbekli Tepe, Şanlıurfa
Çatalhöyük tepaligidagi buqa, kiyik va odam tasvirlangan devor rasmi, miloddan avvalgi 6-ming yillik, buqaning bosh suyaklari va inson relyef-haykalining asl joylashuviga koʻra qayta tiklangan koʻrinishi (Anatoliya sivilizatsiyalari muzeyi, Anqara)

Onadoʻlining tarixdan oldingi davri Onadoʼlida insoniyatning mavjudligi haqidagi eng dastlabki arxeologik yozuvlardan tortib, Onadoʼli hududiga oid yozuv va tarixiy manbalar paydo boʻlishi bilan belgilanadigan tarixiy davr boshlanishiga qadar (tax. miloddan avvalgi 2000-yil) boʻlgan butun ibtidoiy davrni oʻz ichiga oladi. 2014-yilda Gediz daryosidan topilgan tosh qurolning yoshi ishonchli tarzda 1.2 million yil deb belgilangan[1]. Kula[2] va Karain gʻoridagi 27 000 yillik Homo sapiens izlari bu davrda Onadoʼlida insoniyat mavjudligining namunalari hisoblanadi. Osiyo va Yevropa chorrahasi boʻlmish strategik joylashuvi tufayli Onadoʼli ibtidoiy davrlardan beri bir necha sivilizatsiyalar markazi boʻlib kelgan. Neolit davri manzilgohlariga Çatalhöyük, Çayönü, Nevalı Çori, Hacılar, Göbekli Tepe va Mersin kiradi.

  1. „1.2-Million-Year-Old Stone Tool Unearthed in Turkey – Archaeology – Sci-News.com“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  2. Manisa Museum (Wayback Machine saytida 2012-01-13 sanasida arxivlangan), Republic of Turkey Culture minister website